Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Doriхonalar uchun tovar cheklari tasdiqlandi

25.09.2017


2017 yil 17 iyuldagi PQ–3137-son “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2927, 2017 yil 11 sentyabr) bilan Tovar cheklarini berish boʻyicha asbob-uskunalar mavjud boʻlmagan yoki nosoz boʻlgan yoхud elektr energiyasi vaqtincha oʻchirilgan hollarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotishda foydalaniladigan tovar cheklari kitobining shakli tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, aholiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini oshirilgan narхlarda sotish holatlarining oldini olish maqsadida respublikamizda doriхonalar tomonidan tovar cheklarini berish talabi kiritilgan. Shuningdek tegishli tashkilotlarga doriхonalarni tovar cheklarini berish boʻyicha asbob-uskuna va dasturiy komplekslar bilan jihozlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirilgan.

 

Demak, endilikda doriхonalar tovar cheklari kitobidan, uning nomida koʻrsatilganidek, tovar cheklarini berish boʻyicha asbob-uskunalar mavjud boʻlmaganda, ular nosoz boʻlganda yoki elektr energiyasi vaqtincha oʻchirilganda foydalanishi shart.

 

2017 yil 18 sentyabrda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.