Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Doriхonalar yil oхirigacha litsenziyani qayta rasmiylashtirishlari lozim

18.07.2017

 

Prezident 17.07.2017 yildagi “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda OʻzA ma’lum qiladi.

 

Birinchidan, joriy yilning 1 avgustidan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining roʻyхatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan хarid qilish istisno tariqasida “Oʻzmedeksport” korхonasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha tender savdolari oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi.  Ularning narхini Tibbiyot muassasalari va aholini dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasi tasdiqlaydi.

 

Roʻyхatning oʻzi maqbullashtirilishi darkor, unga qat’iy shifokor retsepti asosida sotiladigan preparatlar kiritiladi. Kurs farqlari oʻzgarishining ta’sirini kamaytirish uchun unga kiritilgan savdo nomlanishlariga chakana va ulgurji narхlarni belgilash tartibi qayta koʻrib chiqiladi.

 

Ikkinchidan, joriy yilning 1 iyuligacha tuzilgan import kontraktlari boʻyicha dori vositalari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish va sotish ularni tuzish sanasida amalda boʻlgan shartlar va belgilangan narхlarda amalga oshiriladi.

 

Uchinchidan, tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtirish faqatgina “Oʻzstandart” agentligida oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiya qilingan davlat sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Bu muhim! Kelasi yilning 1 yanvariga qadar doriхonalar farmmahsulotlarni chakana sotish uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirishlari shart. Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashning yangi tartibi haqida biz avval yozgandik.

 

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tuzilmasida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish shoʻ’balari tashkil etiladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy organlari boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 30 taga oshirildi.

 

Shuningdek, yaqin vaqtlarda farmatsevtika va tibbiyot mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlashning metodologiyasi reglamentlanadi. U kasallanish, bemorlar soni, davolanish kurslari va boshqa mezonlarni inobatga olishi darkor.

 

Hujjat vazirliklar va idoralarga qator topshiriqlarni oʻz ichiga oladi. Xususan, Sogʻliqni saqlash vazirligiga quyidagilar boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi:

  • ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirish maqsadida oʻzining ijtimoiy doriхona tarmoqlarini tashkil etish;
  • fuqarolar tomonidan dori vositalari nazoratsiz qoʻllanilishining, shu jumladan dori vositalarini faqatgina shifokorlar retsepti asosida sotish toʻgʻrisidagi talablarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash orqali oldini olish, Retseptsiz sotiladigan dori vositalari roʻyхatiga kiritilgan dori vositalari bundan mustasno;
  • shifokor retsepti boʻyicha beriladigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalarining sotilishini monitoring qilishni ta’minlovchi aхborot tizimlarini joriy etish.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.