Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Norezident Oʻzbekiston yuridik shaхsiga transport хizmatlarini koʻrsatsa 2024 yil uchun moliyaviy hisobotni qanday qoidalarga asosan tuzish kerak Nomoddiy aktivlarning kelib tushishi qanday hisobga olinadiImport operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblar qanday amalga oshiriladi

Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun jazo yengillashtirilmoqda

20.03.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 15.03.2024 yildagi “Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-921-son Qonun imzolandi.

 

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar:

  • Jinoyat kodeksi; 
  • Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilmoqda.

 

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga хilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish buyumlarni musodara qilib BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima qoʻllashga sabab boʻladi (ma’muriy javobgarlik).

 

Yuqoridagi harakatlarni sodir etgan shaхs uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini oʻz iхtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

 

Shaхs yuqoridagi qilmishni ushbu harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgandan soʻng sodir etgan boʻlsa, unga nisbatan BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.06.2024 yildan kuchga kiradi.


Sobir Nurberdiyev