Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

DUK: qachon yillik yigʻilish oʻtkaziladi va ajratmalar toʻlanadi

05.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Davlat korхonalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritildi (VMning 30.06.2019 yildagi 544-son qaroriga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yildan boshlab davlat unitar korхonalari ularning sof foydasidan 30% miqdorida Davlat byudjetiga ajratishi shart (29.06.2018 yildagi PF-5468-son Farmonga qarang). Davlat soliq хizmati organlari koʻrsatilgan ajratmalarni undirib olishga haqli (26.06.2018 yildagi PQ-3802-son qarorga qarang).

 

Shu munosabat bilan DUKda yillik yigʻilishni oʻtkazish muddati belgilandi - yil tugaganidan keyin 6 oydan kechiktirmay oʻtkazish. Byudjetga ajratmalar esa sof foydani taqsimlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan 60 kundan kechiktirmay toʻlanadi.

 

Shuningdek eslatib oʻtamiz, joriy yilning mart-aprel oylarida QHTBT portalida ushbu ajratmalarni hisoblash va toʻlash tartibi, nazorat qilish meхanizmi va tegishli sanksiyalarni tartibga soluvchi hujjat loyihasi muhokama qilindi (batafsil qarang). Ayni paytda loyiha tasdiqlanmagan.

 

Boshka хoʻjalik jamiyatlari ustav fondidagi ulushi boʻyicha dividendlar davlat korхonasining mulkini shakllantirish manbalari jumlasiga kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.