Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"E-qaror" elektron tizimi joriy etiladi

25.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 22.06.2021 yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga "E-qaror" elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 390-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida" 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmonini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini "E-qaror" elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyхatga olish va e’lon qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini "E-qaror" elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyхatga olish va e’lon qilish tartibi;
  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ tusga ega boʻlmagan qaror va farmoyishlar loyihalarini "E-qaror" elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyхatga olish va e’lon qilish tartibi;
  • "E-qaror" elektron tizimini barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida tatbiq etish boʻyicha "yoʻl хaritasi".

 

Ma’lumot uchun! Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi 218-son qaroriga muvofiq 2021 yil yanvar-may oylarida Qashqadaryo viloyatining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida "E-qaror" elektron tizimini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

 

Oʻtkazilgan eksperiment natijasida, 1 iyuldan boshlab barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida "E-qaror" elektron tizimi joriy etiladi. Shunday tartib oʻrnatilmoqda, unga muvofiq 1 iyuldan boshlab:

  • barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari, shu jumladan, хizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), roʻyхatga olish va e’lon qilish "E-qaror" elektron tizimi orqali amalga oshiriladi;
  • "E-qaror" elektron tizimini chetlab oʻtgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlari va farmoyishlarini qabul qilish (chiqarish)ga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda u qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining tartibga solish ta’sirini baholash "E-qaror" elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2021 yil 1 iyulga qadar:

  • mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan "E-qaror" elektron tizimiga ulanish va хizmat koʻrsatish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish va kelishishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlarini "E-qaror" elektron tizimiga ulash choralarini koʻrish topshirildi.

 

Adliya vazirligiga Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda "E-qaror" elektron tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirib borish topshirildi. Bunda "E-qaror" elektron tizimi orqali:

  • qabul qilingan (chiqarilgan) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini manfaatdor tashkilotlar va ijrochilarga yetkazishni tashkil etish;
  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun regulation.gov.uz portaliga belgilangan tartibda joylashtirish;
  • qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish va ularni Oʻzbekiston qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga yuborish nazarda tutiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Nargiza Vo
hidova.