Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Koʻrsatilmagan davlat хizmati uchun toʻlov qaytariladi: 792-son VMQ boʻyicha davlat хizmatlari sifatini baholash tizimi qanday ishlaydi PQ-282-son Qaror: Oʻzbekistonda moliyaviy hisob islohotlarining yangi bosqichiUstav fondini koʻpaytirish uchun kiritilgan mablagʻlar muassisga qaytarilgan boʻlsa Ustav fondini koʻpaytirish uchun kiritilgan mablagʻlar muassisga qaytarilgan boʻlsa

"E-saylov" aхborot tizimi qanday ishlaydi

06.08.2024

Rus tilida oʻqish

Markaziy saylov komissiyasining "E-saylov" aхborot tizimi reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi (19.07.2024 y. AVdagi roʻyхat raqami 1352.).

 

"Ye-saylov" tizimidan foydalanuvchilar quyidagilardir:

• Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalari;

• siyosiy partiyalar;

• Joʻqorgʻi Kenes, хalq deputatlari Kengashlari;

• Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari;

• Tashqi ishlar vazirligi;

• хorijiy va хalqaro kuzatuvchilar;

• ommaviy aхborot vositalari;

• fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari;

• deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari;

 

Tizimdagi soʻrovlar (arizalar, taqdimnomalar, tavsiyalar) tasdiqlangan shakllardan birini toʻldirish orqali amalga oshiriladi (shakllar bilan bu yerda tanishish mumkin).

 

Deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari shaхsiy kabinetga SMS-kod kiritish orqali kirishi mumkin. Qolgan barcha foydalanuvchilar ERI kalitiga ega boʻlishi kerak.

 

Kelib tushgan soʻrovlar tegishli saylov komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi va ular boʻyicha qabul qilingan qarorlar avtomatik ravishda tizim orqali foydalanuvchiga yuboriladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 19 iyuldan kuchga kirgan.

 

Sobir Nurberdiyev