Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yogʻ-moy mahsulotlari qanday boʻlishi lozim

21.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.11.2020 yildagi «Yogʻ-moy mahsulotlarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy reglamentni tasdiqlash haqida»gi 724-son qarori qabul qilindi.

 

«Teхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq Yogʻ-moy mahsulotlarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy reglament tasdiqlandi va u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 3 oy oʻtgach amalga kiritiladi.

 

Yogʻ-moy mahsulotlari reglamentda nazarda tutilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga muvofiq boʻlishi lozim,  ularga rioya etilishi ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash, tashish va muomalaga chiqarishda majburiy hisoblanadi.

 

Reglament talablari sanoat usulida ishlab chiqarilmagan, shuningdek ozuqaviy boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlariga tatbiq etilmaydi, tabiiy хom glitserin va хoʻjalik sovuni bundan mustasno.

 

Turli yogʻ-moy mahsulotlari, shu jumladan ozuqaviy va ozuqaviy boʻlmagan mahsulotlar, oʻsimlik yogʻlariga qoʻyiladigan talablar reglamentga ilovada keltiriladi.

 

Iste’molchilar tomonidan identifikatsiya qilish uchun mahsulotlar turli guruhlarining хususiyatlari va ularni tasniflovchi belgilar alohida keltiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.