Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ehtiyojmand хotin-qizlar uchun OTMga qabul tartibi oʻzgardi

07.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 3.06.2021 yildagi 338-son qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida хotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (23.06.2020 yildagi 402-son VMQ) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

 

Xususan, quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar nazarda tutilgan:

  • ehtiyojmand oilalardagi хotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish tartibini joriy etiladi;
  • oliy ta’lim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladigan kam ta’minlangan oila tushunchasi mezonlarini aniqlashtiriladi;
  • tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi хotin-qizlarga elektron shaklda murojaat qilish imkoniyatini beriladi;
  • oliy ta’lim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladigan хotin-qizlar doirasini kengaytiriladi;
  • tavsiyanoma berish masalasini koʻrib chiqish jarayonini Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgarmasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimi, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan bogʻlanadi;
  • oilaning ehtiyojmandlik darajasi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan хotin-qizlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar orqali aniqlash tartibi joriy etiladi.

 

Belgilanishicha:

  • tavsiyanoma belgilangan mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor хotin-qizlarga beriladi;
  • tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi хotin-qizlar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha yashash joyidagi tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qiladi;
  • oliy ta’lim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.