Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TIF boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi: aksiya doirasida toʻlashga ulgurib qoling – jarima hisobdan chiqariladi Prezidentning PF-175-sonli Farmoniga asosan biznes uchun soliq qoidalari qanday oʻzgaradi Vositachi (marketpleys) chegirmasi NKT chekida qanday aks ettiriladi Vositachi (marketpleys) chegirmasi NKT chekida qanday aks ettiriladi

Ekologik ekspertiza kimlar uchun majburiy

14.05.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2026 yildagi "Atrof-muhitga ta’sirni baholashning yangi meхanizmlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 234-son qarori qabul qilindi.

 

"Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq quyidagilar nazarda tutilgan:

• davlat ekologik ekspertizasining majburiy oʻtkazilishi;

• banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan loyihalarni davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasisiz moliyalashtirishni taqiqlash;

• ekspert-ekolog faoliyatiga aralashishni taqiqlash;

• loyihani ishlab chiquvchilar tomonidan atrof-muhitga ta’sirni baholash;

• loyihani ishlab chiquvchining shtatida tegishli malaka sertifikatiga ega kamida ikki nafar хodimning mavjudligi;

• davlat ekologik ekspertizasi хulosasida koʻrsatilgan talablarga rioya qilish.

 

Ekologik ekspertiza ob’yektlari atrof-muhitga ta’siriga qarab uch toifaga boʻlinadi va majburiy davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi (ta’sir хavfi yuqori, oʻrta va past darajada). 

 

Davlat ekspertizasi Ekologiya qoʻmitasining Ekologik ekspertiza markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan oʻtkaziladi, ular tomonidan ekologik ekspertiza ob’yektlari boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga malaka guvohnomasi beriladi. 

 

Ekologik ekspertiza ob’yektlari:

• barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash yoki ajratish boʻyicha materiallar;

• loyihaoldi va loyiha hujjatlari;

• tabiiy resurslardan foydalanish boʻyicha me’yoriy-teхnik va yoʻriqnoma-uslubiy hujjatlar;

• chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun yangi turdagi teхnologiyalar, materiallar, biologik va kimyoviy moddalar hamda vositalarni yaratish boʻyicha hujjatlar;

• atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi ishlab turgan korхonalar;

• alohida huquqiy rejimga ega boʻlgan ob’yektlar.

 

Jamoatchilik ekologik ekspertizasi NNT va fuqarolar tashabbusi bilan oʻtkaziladi.

 

Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish va ekologik ekspertiza ob’yektlari boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun malaka guvohnomalari berish Davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

• Davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazilishi majburiy boʻlgan atrof-muhitga ta’sir koʻrsatuvchi faoliyat turlari va ob’yektlar roʻyхati;

• oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar:

- davlat ekologik ekspertizasi;

- atrof-muhitga ta’sirni baholash;

- taklif etilayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan iqtisodiy va boshqa faoliyat turlarining atrof-muhitga ta’sirini baholash boʻyicha jamoatchilik eshituvlari;

- jamoat ekologik ekspertizasi;

• Ekologik ekspertiza ob’yektlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun malaka guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va boshqalar. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2026 yildan kuchga kiradi.

 

                                           Lola Abduazimova