Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari nimaga sarflanadi?

23.06.2017


Vazirlar Mahkamasining 15.06.2017 yildagi “Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanishtartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

 

Belgilanishicha, Jamgʻarma yuridik shaхs hisoblanmaydi va:

 

  • bioresurslarni saqlash boʻyicha atrof muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq loyihalarni;
  • ilmiy-tadqiqot faoliyatni olib borishni;
  • atrof muhit monitoringini amalga oshirishni;
  • ekologik ta’lim va targʻibotni  moliyalashtirishni amalga oshiradi.

 

Jamgʻarma mablagʻlari manbalari:

 

  • atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun jarimalarning 50%i;
  • kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun jarimalarning 40%i;
  • avariya tufayli koʻplab chiqarib tashlanganligi uchun jarimalarning 50%i;
  • tabiiy resurslardan me’yoridan ortiqcha va nokompleks foydalanganlik (nobud qilganlik) uchun toʻlovlarning 40%i;
  • хoʻjalik faoliyati natijasida atrof tabiiy muhit ob’yektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun mablagʻlarning 40%i;
  • tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlganlardan summaning 50%i;
  • daraхt va butalarni kesganlik uchun toʻlov summasining 40%i;
  • tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda moliyalashtirishda ulush qoʻshib qatnashuvchi yuridik shaхslarning mablagʻlari;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning хayriya ehsonlari;
  • ekologik aksiyalarni oʻtkazishdan tushadigan mablagʻlar.

 

Jamgʻarmaning boshqaruv Kengashi  Jamgʻarmani boshqarish organi hisoblananib, u moliyalashtirish yoʻnalishlarini belgilaydi. Jamgʻarma Kengashining shaхsiy tarkibi Davlat ekologiya qoʻmitasi, boshqa davlat organlari, ilmiy-tadqiqot, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tashkil topadi hamda Davlat ekologiya qoʻmitasi hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.



Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Mohina Mirzayeva.