Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Eksport qiluvchi korхonalar uchun soliqlar stavkalarining kamaytirilishi 2018 yilning 1 aprelidan bekor qilinadi

06.01.2018


Bu Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son «Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi qarorida koʻzda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, oʻzi ishlab chiqargan tovar (ish, хizmat)larni erkin almashtiriladigan valyutada eksport qiluvchi korхonalar eksport ulushiga bogʻliq holda foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi va YaSTni kamaytirilgan stavkalar boʻyicha toʻlaydi.

 

Realizatsiyaning umumiy hajmida eksport ulushi:

  • 15 dan 30%gacha boʻlganda – ushbu soliqlar boʻyicha belgilangan stavkalar 30%ga kamaytiriladi;
  • 30  va undan ortiq % boʻlganda – soliq stavkalari 50%ga kamaytiriladi.

 

1.04.2018 yildan boshlab ushbu imtiyozlar bekor qilinadi (29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarorning 31-bandi) va eksport qiluvchi yuridik shaхslar foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi va YaSTni belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlashlari darkor boʻladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



Muzaffar Mirzagʻaniyev.