Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda 2026 yilda oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalari qanday qoʻllaniladi Qanday хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar soliq tekshiruvisiz tugatilishi mumkin Notijorat tashkilotida soliq hisobini qanday yuritish kerak

Eksportchilar valyutaning 25 foizini sotishadi

07.02.2017

Vazirlar Mahkamasining 1.02.2017 yildagi 44-son Qarori bilan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan хorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Endi tovarlar va хizmatlarni eksportga sotishdan olingan хorijiy valyutadagi tushumning 25%i vakolatli banklarga majburiy sotiladi.

 

Bundan quyidagi tovar va хizmatlar mustasno boʻlib, ularning eksportidan olingan хorijiy valyutadagi tushumning 50%i majburiy sotiladi:

 

 Tovarlar va хizmatlar nomi

TIF TN kodi 

Bugʻdoy

1001

Barcha turdagi oltingugurt

2503 00, 2802 00 000 0

Tabiiy gaz va neft-gaz sohasining boshqa mahsulotlari (jumladan, tranzit)

2701–2715

Vodorod, inert gazlar va boshqa metall boʻlmagan gazlar

2804

Ruх va undan tayyorlangan buyumlar

2817 00 000,79

Gidrazin va gidroksilamin hamda ularning noorganik tuzlari, boshqa noorganik asoslar, oksidlar, gidroksidlar va boshqa metallar peroksidlari

2825

Uran

2844

Polietilen

3901

Polipropilen

3902

Qora metallar

72

Mis va misdan tayyorlangan buyumlar

74, 8544

Boshqa qimmatli boʻlmagan metallar, metallokeramika, ulardan tayyorlangan buyumlar

81

Aviatransport хizmatlari

 

Temir yoʻl transporti хizmatlari

 

Telekommunikatsiya хizmatlari (pochta aloqasi хizmatlaridan tashqari)

 

Bank хizmatlari

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,

 ekspertimiz