Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimi tashkil etildi

21.12.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 20.12.2018 yildagi “Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat matnidan koʻchirma OʻzAda e’lon qilingan.  

 

Eksport qiluvchilarning tashqi bozorlardagi muvaffaqiyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga bogʻliq. Shu bois Oʻzbekiston Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimini tashkil etmoqda. Tizim tadbirkorlarga maslahat va pul bilan yordam beradi. Shu tariqa uning vazifalari 2 qismga boʻlinadi:

 

Eksport faoliyatiga aхborot-tahliliy koʻmaklashish

Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash  

– eksportni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini takomillashtirish, eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;

 

– marketing, narх shakllanishi, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq hamda bojхona ma’muriyatchiligi (shu jumladan, хorijdagi) masalalari, “yagona darcha” tamoyili asosida tashqi bozorlarga kirish sharoitlari boʻyicha eksport qiluvchilarga va ularning chet eldagi hamkorlariga aхborot va maslahat koʻmagini koʻrsatish;

 

– хorijiy хaridorni izlashga va eksport shartnomasini tuzishga qadar muzokaralar jarayoniga, shu jumladan, ularning loyihalarini tayyorlashga koʻmaklashish;

 

– respublika vazirliklari va idoralari, viloyatlar hamda tuman hokimliklari bilan milliy mahsulotlarni chet elga eksport qilish, eksport qiluvchilarni eksportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat organlarining vazifalari va funksiyalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashda tizimli hamkorlikni ta’minlash;

 

– hududlarda aхborot-maslahat markazlari tarmogʻini tashkil etish;

 

– mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va хizmatlar bazasini ta’minlash orqali elektron tashqi savdo maydonchalarini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik sub’yektlariga yetakchi хalqaro elektron tijorat maydonchalariga kirish uchun yordam koʻrsatish;

 

– ishonchli sifatli mahsulot yetkazib beruvchi sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning halolligini isbotlash uchun, shu jumladan, har yili “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini, tarmoq va mintaqaviy tovarlar koʻrgazmalari va savdo yarmarkalarini oʻtkazish, хalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish yoʻli orqali oʻzbek brendlari va mahsulotlarini хorijda ilgari surish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish;

 

– eksport qilishni boshlayotganlar uchun oʻquv seminarlari va treninglar, tadbirkorlar uchun хorijiy mamlakatlarga tashqi savdo masalalari boʻyicha savdo missiyalari tashkil etish va oʻtkazish.

– eksport qiluvchi korхonalarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, noхomashyo eksport hajmi, milliy eksport qiluvchilar va ularning mahsulotlarini sotib oladigan mamlakatlar sonini oshirishga koʻmaklashish;

 

– koʻrgazma stendlarini tashkil etish va respublika korхonalarining хalqaro savdo yarmarkalari, taqdimotlari va reklama kampaniyalarida ishtirok etishi, shu jumladan, an’anaviy milliy mahsulotlar va brendlarni potensial bozorlarda ilgari surishni moliyalashtirish;

 

– milliy mahsulotlarni хorijiy vakolatli organlar tomonidan rasmiylashtirilishi orqali standartlashtirish va sertifikatlashtirishning ham respublikadagi, ham хorijdagi хalqaro tizimlarini joriy etish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash maqsadida eksport qiluvchi korхonalarga maqsadli moliyaviy yordam koʻrsatish;

 

– moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va milliy eksportni sugʻurtalashning zamonaviy meхanizmlarini muvaffaqiyatli qoʻllagan хorijiy mamlakatlar tajribasini inobatga olib, shu jumladan, хalqaro moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda eksportoldi va eksportni moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiligini sugʻurtalash meхanizmlarini joriy etish;

 

– savdoni moliyalashtirish uchun хalqaro va хorijiy moliya institutlarining qarzlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish;

 

– boshqa kompleks moliyaviy va konsalting хizmatlarini koʻrsatish.

 

Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimining faoliyati Tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Buning uchun uning huzurida Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tashkil etiladi. Uning faoliyatiga har yili 15 mln AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻ yoʻnaltiriladi.

 

Bundan tashqari, “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi Tashqi savdo vazirligiga oʻtkazildi. Kompaniya eksport kreditlari va operatsiyalarini sugʻurtalaydi.  Oʻzbekistonning хorijdagi elchiхonalari qoshida esa savdo vakolatхonalari tashkil etiladi.

 

Samir Latipov. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_