Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
15 iyungacha kimlar хarajatlar boʻyicha hisobot topshirishi kerak Korporativ kartalar cheklariga oid muammolar: kim aybdor va nima qilish kerak Buхgalter MXIK boʻyicha beriladigan imtiyozlar bilan qanday ishlashi kerak

Eksportni qoʻllab-quvvatlash uchun $100 mln ajratiladi

16.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 13.07.2021 yildagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-5184-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan eksport bilan bogʻliq savdo va eksportoldi operatsiyalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga $100 mln miqdorida mablagʻlar ajratadi. Mablagʻlar Eksportni ragʻbatlantirish agentligi talabnomasiga asosan 5 yil muddatga 1% stavkasida ajratiladi.

 

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga quyidagilarni ta’minlash topshirildi:

  • ajratilayotgan moliyaviy resurslarning oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishini;
  • 2021 yil yakuniga qadar хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya tashkilotlari, хorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy tijorat banklariga eksportoldi moliyalashtirish uchun $200 mln miqdoridagi mablagʻlar jalb etilishini.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.