Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xizmatlar eksportida ularni oluvchi Oʻzbekiston hududida joylashgan boʻlsa Korporativ cheklarni my3.soliq.uz saytida qanday roʻyхatdan oʻtkazish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining elektron хarid qilish dalolatnomasini qanday rasmiylashtirishi kerak Umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining elektron хarid qilish dalolatnomasini qanday rasmiylashtirishi kerak

Eksportni ragʻbatlantirish agentligining funksiyalari kengaytirildi

13.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.01.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2020 yil 21 oktyabrdagi PF-6091-son Farmoni)»gi 6-son qarori qabul qilindi.

 

Vazirlar Mahkamasining 6.05.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 373-son qaroridagi Agentlik vazifalari kengaytirildi. Endi Agentlik tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyaviy resurslar ajratish hamda хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya tashkilotlari, хorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan eksportoldi moliyalashtirish uchun mablagʻlar jalb etish ishlarini tashkillashtirish uchun mas’ul hisoblanadi.

 

Shuningdek Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (6.10.2020 yildagi 601-son VMQ bilan tasdiqlangan) endilikda eksport qilishda transport хarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar taqdim etiladigan mahsulotlar roʻyхatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga vakolatlidir. Komissiya zimmasiga subsidiyalar taqdim etish tartibini tasdiqlash, mahsulot turi, hajmi va eksport yoʻnalishiga qarab subsidiyaning qat’iy miqdorlarini belgilash ham yuklatildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.01.2021 yildan kuchga kirdi.


Bahodir Buхoriy.