Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Eksportni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bilan maхsus komissiya shugʻullanadi

09.10.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 6.10.2020 yildagi 601-son qarori bilan Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 18.08.2020 yildagi "Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" PF-6042-son Farmonini amalga oshirish doirasida qabul qilingan.

 

Nizomga muvofiq Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Hukumat komissiyasining raisi hisoblanadi.

 

Nizom hukumat komissiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibi, komissiyaning ishchi organlari, shuningdek qarorlarni qabul qilish va ularning bajarilishini ta’minlash tartibini belgilaydi.

 

Komissiyaning asosiy vazifalari belgilandi:

  • eksport salohiyatini rivojlantirish;
  • investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
  • hududlarda sanoat klasterlarini tashkil etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;
  • oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan "yoʻl хaritalari"ning ijrosini nazorat qilish.

 

Quyidagilar Hukumat komissiyasining ishchi organlari hisoblanadi:

  • Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati;
  • Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.