Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektr energiyasi va gaz uchun biznes toʻlaydigan oldindan toʻlov 50%gacha kamaytirildi

06.02.2019

Rus tilida oʻqish


Maishiy iste’molchilar sirasiga kirmaydigan iste’molchilar energiya tashuvchilar uchun «50/50» tizimi boʻyicha – yarmini oldindan, yarmini oy oхirigacha toʻlash huquqiga ega boʻldilar. 29.05.2017 yildagi PF–5059-son Farmonga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning 1 iyulidan boshlab maishiy iste’molchilar har oyning 10-sanasiga qadar haqiqatda iste’mol qilingan gaz va elektr energiyasi hajmlari uchun, qolgan abonentlar esa oldindan toʻliq haq toʻlash asosida hisob-kitob qilishlari shart. Majburiyatlar muddatida bajarilmagan hollarda elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyishlari mumkin.

 

Endi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oldindan toʻlovni toʻliq yoki qisman toʻlashlari mumkin. «50/50» tizimiga oʻtish uchun elektr ta’minoti tashkilotini bu haqda ogohlantirishning oʻzi kifoya.

 

Bu – muhim! Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari va Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga hali oʻzgartirishlar kiritilmadi. Shu sababli ushbu sharh e’lon qilingan paytda (06.02.2019 yil) murojaatnoma-ogohlantirish qanday shaklda va qancha muddatda taqdim etilishi ma’lum emas. Qonunchilikka aniqlashtirishlar kiritilishini kutish lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.