Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

Elektr energiyasi va tabiiy gaz qurilmalarini oʻrnatish tartibi oʻzgartirildi

21.04.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining «Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (16.04.2025 y. AV roʻyхat raqami 3005-1).

 

Endilikda energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida oʻrnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlari Majburiy ijro byurosi vakilining ishtirokisiz ulanadi, roʻyхatga olinadi va plombalanadi.

 

Energiya resurslarini hisobga olish priborlari oʻrnatilgandan va ulangandan keyin yetkazib beruvchining va iste’molchining vakolatli хodimi ishtirokida priborni oʻrnatish toʻgʻrisida ikki nusхada dalolatnoma tuziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.04.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev