Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektron hisoblagichlardagi SIM-kartalar uchun toʻlov undirilmaydi

10.11.2017

 

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2329-5, 2017 yil 6 noyabr) bilan Mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga tuzatishlar kiritildi.

 

Kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, energiya resurslarini nazorat qilish va hisobga olish tizimida foydalaniladigan raqamlardan  toʻlov undirilmaydi. Ushbu SIM-kartalar Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan belgilanadigan energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish boʻyicha loyihalar doirasida elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa kommunal хizmatlar  hisoblagichlariga oʻrnatiladi.  

 

Ma’lumot uchun: 1.01.2017 yildan bitta abonent raqamidan foydalanish uchun toʻlov oyiga 2 ming soʻmni tashkil etadi va Davlat byudjeti (85%), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi AQTni rivojlantirish jamgʻarmasi (14%) hamda TATU qoshidagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi (1%) oʻrtasida taqsimlanadi. Uyali aloqa kompaniyalari toʻlovchilar hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 8.11.2017 yilda kuchga kirdi.

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Oleg Zamanov,

 ekspertimiz.