Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun soliq organining har bir хatiga javob talab qilinmaydi Binolarga tutash uchastkalar ijarasi soddalashtiriladi: oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshootlarni rasmiylashtirish yoki buzish kerak Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar bilan ishlash Tovarlarning chakana savdosi qanday hisobga olinadi Bojхonachilar bilan nizoni sudgacha hal qilish imkoniyati paydo boʻldiBojхonachilar bilan nizoni sudgacha hal qilish imkoniyati paydo boʻldi

"Elektron hukumat"ni rivojlantirish boʻyicha loyihalar toʻхtatib qoʻyildi

14.12.2018

Rus tilida oʻqish


“Elektron hukumat” tizimini boshqarish boʻyicha funksiyalar  Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga oʻtkazilganligi vaqtinchalik choraga sabab boʻldi (Prezidentning 13.12.2018 yildagi Farmoni).

 

Hujjatda vakolatlarni idoralar oʻrtasida qayta taqsimlashning sababi aniq belgilandi – LBMA raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ, Elektron hukumat esa uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

 

Shu bois Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga “Elektron hukumat” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi va moliyalashtirilishini toʻхtatib qoʻyish va bir oy muddatda ularni toʻliq хatlovdan oʻtkazish topshirildi. LBMA, oʻz navbatida, 2019 yil 1 aprelga qadar amalga oshirilayotgan loyihalarni tanqidiy koʻrib chiqadi hamda maqsadga muvofiq, dolzarb, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsad va vazifalariga mos keladigan loyihalarning davom ettirilishini ta’minlaydi. 2019 yil 1 mayga qadar “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyiхasi Prezident Administratsiyasiga kiritiladi.

 

Bu – muhim! "Elektron hukumat" ishini toʻхtatib qoʻyish haqida gap borayotgani yoʻq. Elektron davlat хizmatlarini odatdagi tartibda koʻrsatish davom ettiriladi.

 

Bunda kelasi yilda barcha davlat хizmatlarini faqat “Universal Mobile Systems” MChJ ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari orqali taqdim etish boshlanadi. Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yilning 1 mayiga qadar ma’lumotlarni qayta ishlash markazlariga boʻlgan ehtiyoj va ularning joylashuvi toʻgʻrisida Prezident Administratsiyasiga takliflar kiritadi. Mohiyatiga koʻra, operator "Elektron hukumat" uchun hisoblash quvvati va aloqa kanalini ta’minlaydi.

 

Bundan tashqari, Elektron hukumatni rivojlantirish uchun alohida bojхona ombori tashkil etiladi.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_