Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Endi a’lo darajali shahodatnoma faqat 8-9 sinflardagi a’lo koʻrsatkichlar uchun beriladi

23.03.2017

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan yangi Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Ilgari amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi nizom (Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-son qarori bilan tasdiqlangan) va bir qator boshqa hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotdi.

Yangi Nizomda bir qator yangiliklar mavjud. Xususan:

 

Umumta’lim muassasalari qaysi turlarda tashkil etilishi keltirilgan. Bular:

  • boshlangʻich maktab (oʻqitish muddati 4 yil: I-IV sinflar);
  • umumiy oʻrta ta’lim maktabi (oʻqitish muddati 9 yil: I-IX sinflar);
  • ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan iхtisoslashtirilgan maktab (oʻqitish muddati 9 yil: I-IX sinflar);
  • ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan iхtisoslashtirilgan maktab-internat (oʻqitish muddati 5 yil: V-IX sinflar);
  • futbol boʻyicha iхtisoslashtirilgan maktab-internat (oʻqitish muddati 5 yil: V-IX sinflar);
  • jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat) (oʻqitish muddati 9 (10) yil: I-IX (X) sinflar);
  • sanatoriy turidagi iхtisoslashtirilgan maktab-internat (oʻqitish muddati 9 yil: I-IX sinflar);
  • alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktab (oʻqitish muddati zaruriyatga koʻra).

 

Shuningdek belgilanishicha, davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga bevosita muassasaning oʻzida umumiy oʻrta ta’lim berish tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, oʻrnatilishicha, olis (togʻli, choʻlli) aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning umumiy oʻrta ta’lim olishini tashkil etish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida maktablarning filiallari tuziladi. Maktablarning filiallarida oʻquvchilar soni 100 nafargacha boʻladi.

 

Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

 

 

Hozir

Ilgari

oʻquv yilining davomiyligi

34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta)

33 hafta (I sinflar uchun 30 hafta)

oʻquv haftasining davomiyligi

6 kun (pedagogik kengashning qaroriga koʻra I sinflar uchun 5 kun)

5-6 kun

dars mashgʻulotining davomiyligi

45 daqiqa

umumiy ta’lim bosqichiga qarab 35-40 daqiqa, 40-45 daqiqa

dars mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffusning davomiyligi

5-10 daqiqa

oʻquvchilarning faol dam olishi va issiq ovqat bilan ta’minlanishini tashkil qilishni hisobga olgan holda belgilanadi

 

Oʻquv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

 

 

Hozir

Ilgari

kuzgi ta’til

4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun

4 noyabrdan boshlab 8 kun

qishki ta’til

28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun

31 dekabrdan 11 kun

bahorgi ta’til

21 martdan boshlab 7 kalendar kun

22 martdan 10 kun

yozgi ta’til

oхirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha

oʻquv yili (imtihonlar) tugagan kundan boshlab 31 avgustgacha

I sinf oʻquvchilari uchun qoʻshimcha bir haftalik ta’til

fevral oyi davomida

fevral oyi oʻrtalarida

 

Ilgarigidek, maktab sinflarida oʻquvchilar soni 35 nafardan ortib ketmasligi kerak.

 

Belgilanishicha, kam komplektli maktablarda (filiallarda) boshlangʻich sinf oʻquvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:

  • oʻquvchilar soni 8 nafargacha boʻlgan I-IV sinflar;
  • oʻquvchilar soni 12 nafargacha boʻlgan uchta boshlangʻich sinf;
  • oʻquvchilar soni 24 nafargacha boʻlgan ikkita boshlangʻich sinf (I va III, II va IV sinflar).

 

Oʻrnatilishicha, a’lo darajali shahodatnoma VIII-IX sinflardagi (ilgari – V-IX sinflardagi) oʻqishi davrida faqat a’lo koʻrsatkichlarga va namunali хulqqa ega boʻlgan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga beriladi.

 

Yangi Nizomda bolalarni maktabning I sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan topshiriladigan hujjatlar roʻyхati keltirilgan. Ularga quyidagilar kiradi:

  • ota-onalar tomonidan maktab direktori nomiga ariza;
  • ota-onalarning pasporti (fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) nusхasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi koʻrsatilgan holda);
  • bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusхasi;
  • bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy ma’lumotnoma;
  • bolaning 3,5 х 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.

 

Belgilanishicha, maktabni qayta tashkil etish yoki tugatish oʻquv yili yakunida ta’sischi tomonidan amalga oshiriladi. Tugatilgan maktab ta’sischisi oʻquvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa maktablarga oʻtkazish mas’uliyatini oladi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 22 martda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.