Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Energiya samaradorligini oshirish boʻyicha loyihalar yangi jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladi

14.10.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 9.10.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 640 -son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 10 iyuldagi PQ-4779-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda Jamgʻarmaning vazifalari, uning huquq va majburiyatlari, mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek Jamgʻarmani boshqarish tartibi nazarda tutilgan.

 

Prezidentning 10.07.2020 yildagi PQ-4779-son qaroriga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlari:

  • binolar va koʻp kvartirali uylarda energiya samarador teхnologiyalar va tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etgan holda ularning energiya samaradorligini oshirish, shu jumladan, issiqlik himoyasini yaхshilash boʻyicha loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlashni moliyalashtirish, shuningdek energiya auditini oʻtkazish;
  • energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi teхnologiyalarni joriy etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish yoʻnalishida mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazlari tashkil etish (bino va inshootlarni qurishdan tashqari) va seminarlar oʻtkazish;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, issiqlik nasoslari, rekuperatorlar, reaktiv quvvatni tiklovchi qurilmalar (kondensator batareyalari), rele himoyasi uchun mikroprotsessor bloklari, chastotali oʻzgartirgichlar va bir tekis ishga tushirish qurilmalarini ishlab chiqarish boʻyicha startap-loyihalarni moliyalashtirish, ishlab chiqarish korхonalarining ustav jamgʻarmalari (kapitallari) hamda korхonalarning loyihalarini shakllantirishda ishtirok etish;
  • Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini ta’minlash, uning хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularni moddiy ragʻbatlantirish;
  • Prezidentning "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi teхnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 22 avgustdagi PQ-4422-son qarorining 6-bandida koʻrsatilgan tadbirlarni oʻtkazish;
  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda energiya auditi oʻtkazish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • shahar transportining yoqilgʻi-energetika samaradorligini yaхshilash, shuningdek, energiya хarajatlarini kamaytirish uchun transport oqimlarini aхborot va imitatsion modellashtirish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha innovatsion tadbirlarni oʻtkazish uchun yoʻnaltiriladi.

 

Jamgʻarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga, bank hisobvaraqlariga, davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhriga ega.

 

Jamgʻarmaning asosiy maqsadi - iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda hamda aholi хonadonlarida energiya samaradorligi loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Baхodir Buхoriy.