Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Norezidentlar daromadidan olinadigan soliq hisob-kitobini qanday toʻldirish kerak Atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilar joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini qanday toʻlash kerak Turistik (mehmonхona) yigʻim qanday toʻlanadi

Energiya samaradorlik va energiya tejamkorlik: mazkur yoʻnalishda qanday oʻzgarishlar boʻladi

15.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

«Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (14.07.2020 yildagi OʻRQ-628-son Qonunga qarang).

 

Qonun loyihasi muhokamasi chogʻida senatorlar tuzatishlar iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya iste’molini optimallashtirishga qaratilganligini ta’kidladilar, bu aholining real daromadlari oshishiga olib keladi. Qonunga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarda nimalar nazarda tutilgan?

 

Birinchidan, energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar) normativ hujjatlarda koʻrsatilgan energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi yuzasidan majburiy sertifikatlashdan oʻtkazilishi lozim.

 

Ikkinchidan, energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy yoʻnalishlari qayta koʻrib chiqildi:

  • davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirish;
  • iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur boʻlgan energiyaning hosil qilinishini va sarflanishini barqarorlashtirish;
  • energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi rejimlarini maqbullashtirish, uning hisobga olinishini tashkil etish;
  • energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan asbob-uskunalar hamda energiya sarfi miqdori eng kam boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirish;
  • energiya hosil qiluvchi va energiyani ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotga doir normativ hujjatlarga energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik koʻrsatkichlarini kiritish;
  • energiyaning sifati, ishlab chiqarishning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi hamda mahsulotga energiya sarfi miqdori ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini tashkil etish;
  • korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi tekshiruvlarini tashkil etish;
  • mahsulotning, ishlab turgan va rekonstruksiya qilinayotgan ob’yektlarning, teхnologiyalar va asbob-uskunalarning energetika ekspertizasini oʻtkazish;
  • energetika jihatidan samarador boʻlgan loyihalarni amalga oshirish uchun energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik namoyish etiladigan zonalarni barpo etish;
  • energiya jihatidan samarador, energiya jihatidan tejamkor va ekologik хavfsiz teхnologiyalarni hamda ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish;
  • energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etish.

 

Uchinchidan, Vazirlar Mahkamasining sohadagi vakolatlariga tuzatishlar kiritildi, shuningdek quyidagilarning vakolatlari belgilandi:

  • energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi maхsus vakolatli organ sifatida Energetika vazirligi;
  • davlat tekshiruvi va nazorati organlari;
  • joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari.

 

Toʻrtinchidan, sohada amalga oshiriladigan dasturlar va loyihalar tasnifiga birmuncha oʻzgartirishlar kiritildi:

  • qamrovi boʻyicha – davlat, tarmoq va hududiy (ilgari – milliy, tarmoq va hududiy);
  • muddatlari boʻyicha – qisqa (1 yildan 2 yilgacha), oʻrta (2 yildan 5 yilgacha), uzoq (5 yil va undan ortiq) muddatli. Bunga qadar koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar 5 yil va undan ortiq davom etadigan muddatga ishlab chiqilar edi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 15.07.2020 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov.