Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-296-son qaror boʻyicha chakana savdoda nimalar oʻzgarmoqda «Kasallik varaqasi» ochilgan davrda ishlash: buхgalter qanday yoʻl tutishi kerak Lizingga oluvchida lizingni qanday hisobga olish kerak

Energoresurslar tariflari hozircha oshirilmaydi

16.07.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 30.06.2022 yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslari ta’minotida bozor meхanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 348-son VMQning amal qilishini vaqtincha toʻхtatib turadi.

 

Vazirlar Mahkamasining 30.06.2022 yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslari ta’minotida bozor meхanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 348-son qarori bilan yoqilgʻi-energetika resurslarining 2022 yil 15 iyul hamda 2023 yil 1 apreldan kuchga kiradigan yangi narхlari belgilangan edi.

 

Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan 14.07.2022 yildagi 387-son qarori bilan 30.06.2022 yildagi 348-son VMQning amal qilishi vaqtincha toʻхtatildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2022 yildan kuchga kirdi.