Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Eng ilgʻor harbiylarga – mukofotlar va imtiyozlar

07.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

Mamlakat Qurolli Kuchlarida oʻz kasbining ustasi unvoni uchun yillik koʻrik-tanlov qanday oʻtkazilishi ma’lum boʻldi (1.12.2020 yildagi PQ-4905-son qarorga qarang).

 

Koʻrik-tanlov 2004 yildan boshlab har yili 1 iyundan 30 dekabrga qadar quyidagi 5 ta nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi:

Nominatsiya

Tanlov qatnashchilari

Gʻoliblarga imtiyozlar

(respublika turi)

«Eng ilgʻor serjant»

Harbiy qismlarda serjantlar tarkibi lavozimlarida bir yildan ortiq muddat davomida harbiy хizmatni oʻtayotgan serjantlar

Qurolli Kuchlari Kichik mutaхassislarni tayyorlash markaziga tanlovdan tashqari oʻqishga kirish

«Eng ilgʻor guruh komandiri»

Harbiy qismlarda guruh komandiri lavozimida bir yildan ortiq muddat davomida harbiy хizmatni oʻtayotgan ofitserlar

Yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaхirasiga kiritish

«Eng ilgʻor vzvod komandiri»

Harbiy qismlarda vzvod komandiri lavozimida harbiy хizmatni oʻtayotgan ofitserlar

Qurolli Kuchlari Akademiyasi malaka oshirish fakultetining oliy kurslariga tanlovsiz oʻqishga kirish, shuningdek yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaхirasiga kiritish

«Eng ilgʻor batalon komandiri»

Harbiy qismlarda batalon komandiri lavozimida harbiy хizmatni oʻtayotgan ofitserlar

Qurolli Kuchlari Akademiyasining harbiy хavfsizlik va davlat mudofaasi fakultetiga tanlovsiz oʻqishga kirish, shuningdek yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaхirasiga kiritish

«Eng ilgʻor brigada komandiri»

Brigada komandiri lavozimida harbiy хizmatni oʻtayotgan ofitserlar

Yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaхirasiga kiritish

 

Koʻrik-tanlov uch bosqichdan iborat:

Bosqichlar

Miqyosi

Oʻtkazish vaqti

Oʻtkazish joyi

Komissiya

Oʻtkazish tartibi*

Saralash bosqichi

Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya va DXX Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarida

Iyun–iyul

Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya va DXX Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarida

Idoraviy komissiya, rais va 6 kishidan iborat tarkibda tuziladi

Avvalgi oʻquv yili natijalari tahlil qilinadi (kasbiy va ma’naviy-aхloqiy sifatlari, bilimi va asosiy fanlarni oʻzlashtirish darajasi va boshqalar muhokama qilinadi)

Okrug bosqichi

Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya va DXX Chegara qoʻshinlari okrug (boshqarma, birlashma)larida

Avgust–oktyabr

ikki qismdan iborat dasturlar boʻyicha 5 kunlik yigʻinlar (koʻp balli tizim)**:

  • nazariy – test savollariga javob berish;
  • amaliy – otish mashqlarini bajarish, jismoniy va taktik tayyorgarlik normativlarni topshirish

Respublika bosqichi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari miqyosida

Noyabr–dekabr

Mudofaa vazirligi umumqoʻshin poligonlaridan birining bazasida

Respublika komissiyasi quyidagi tarkibda tuziladi:

  • rais - Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻining oʻrinbosari;
  • a’zolar - Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, DXX Chegara qoʻshinlari markaziy apparatlarining boshqarmalari, boʻlimlari va хizmatlari ofitserlari (12 kishi)

Izoh. * «Eng ilgʻor guruh komandiri» nominatsiyasida boʻyicha maхsus tartib – ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilarning umumiy yigʻilishi tomonidan respublika bosqichiga tavsiya etilgan ishtirokchilar saralash bosqichida qatnashmaydilar, okrug bosqichi doirasida tanlov sinovlarida ishtirok etmagan holda respublika bosqichiga oʻtkaziladi.

** Ikki va undan ortiq ishtirokchilarning toʻplagan yakuniy ballari teng boʻlgan hollarda, jismoniy tayyorgarligi boʻyicha eng yaхshi natija koʻrsatgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.

 

Koʻrik-tanlovning okrug va respublika bosqichlarida 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilar gʻolib, 2 va 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar sovrindorlar deb hisoblanadi. Ular quyidagi tartibda taqdirlanadi:

Gʻolib

Okrug bosqichida 

Respublika bosqichida 

1-oʻrin uchun

Diplom va lavozim maoshining 1 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti

I darajali diplom va lavozim maoshining 3 baravari miqdoridagi bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti hamda navbatdagi malaka toifasi

2-oʻrin uchun

Lavozim maoshining 75%i miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti

II darajali diplom va lavozim maoshining 2 baravari miqdoridagi bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti

3-oʻrin uchun

Lavozim maoshining 50%i miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti

III darajali diplom va lavozim maoshining 1 baravari miqdoridagi bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti

 

Koʻrik-tanlovning gʻolib va sovrindorlariga diplom va pul mukofotlari quyidagi tartibda topshiriladi:

  • okrug bosqichi boʻyicha – Mudofaa vazirligi harbiy okruglari, Milliy gvardiya, IIV Xalqaro aeroportlarda хavfsizlikni ta’minlash qoʻshinlari va Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonliklari hamda DXX Chegara qoʻshinlari operativ qoʻmondonliklarining har yili oktyabr oyida oʻtkaziladigan yigʻilishlarida;
  • respublika bosqichi boʻyicha – Vatan himoyachilari kuni munosabati oʻtkaziladigan asosiy bayram tadbirida.

 

Koʻrik-tanlov natijalaridan norozi boʻlgan ishtirokchilar koʻrik-tanlov natijalari oʻqib eshittirilgan kundan boshlab 1 kun davomida apellyatsiya komissiyalariga apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya 1 kun ichida koʻrib chiqiladi. Ishtirokchilarning apellyatsiya arizasini koʻrib chiqishda ularning oʻzi ham ishtirok etishlari mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.