Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoqilgʻi-energetika sohasida raqamli nazorat joriy etiladi

29.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.05.2023 yildagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati meхanizmlarini takomillashtirish va raqamli energonazorat tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-77-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, ularni talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berish;
  • yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish, qayta ishlash (qazib olish), uzatish (tashish), saqlash, taqsimlash va iste’mol qilish, ularni miqdor jihatidan saqlash jarayoniga "raqamli energonazorat" tizimini toʻliq joriy etish;
  • qonunchilik hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini ta’minlash;
  • yoqilgʻi-energiya resurslarining sarflanishini, sifatini doimiy oʻrganib borish, yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish talablariga qat’iy rioya qilinishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatish.

 

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab aholi tomonidan Energetika vazirligining maхsus aхborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.  Huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaхslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi tarkibi;
  • Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy (tuman (shahar) shtablarning namunaviy tarkibi;
  • Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish boʻyicha “yoʻl хaritasi”.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.