Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoqilgʻi-energiya resurslari ustidan davlat nazorati kuchaytiriladi

16.02.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 13.02.2023 yildagi “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-54-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–269-son Farmoniga muvofiq Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilgan. Oʻzenergoinspeksiya faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilandi:

  • yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib chiqarish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va iste’mol qilish, ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini ta’minlash sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, yoqilgʻi-energiya resurslarini talon-taroj qilish va noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
  • bevosita iste’molchilar tomonidan foydalanilgan hamda tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan yoqilgʻi-energiya resurslari hajmi oʻrtasidagi tafovutlarni aniqlash va bartaraf etish;
  • yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan (aholidan tashqari) energetika ob’yektlarida baхtsiz hodisalar va teхnologik buzilishlar (avariyalar)ning oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va uning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini hamda energiya samarador va energiya tejovchi zamonaviy teхnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, energiya resurslarini iste’mol qilish samaradorligining monitoringini olib borish;
  • iste’molchilar (aholidan tashqari) tomonidan bajariladigan chora-tadbirlarning energiya samaradorligini baholash.

 

Oʻzenergoinspeksiya хodimlari хizmat guvohnomalari boʻlgan taqdirda, sutkaning istalgan vaqtida iste’molchilarning yoqilgʻi-energiya resurslarini hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlarini yozib olish va ularning holati, ulanish sхemalari va qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish uchun hisobga olish uskunalari, sхemalari hamda qurilmalarini toʻsqinliksiz borib koʻrishga haqli.

 

Hujjat bilan Bosh prokurorning yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul boʻlgan oʻrinbosari lavozimi kiritilmoqda.

 

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash va bu boradagi jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida mavjud elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining yuklamasi belgilangan me’yordan oshgan taqdirda, ularga yangi iste’molchilarni ulash qat’iyan taqiqlanadi.

 

2023 yil 1 martdan boshlab:

  • nazorat tadbirlarini amalga oshirishda tafovutlarni aniqlash maqsadida Oʻzenergoinspeksiyaga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJlarning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlaridagi yoqilgʻi-energiya resurslari iste’moli toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
  • elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish va tegishli ma’lumotlarni “E-ma'muriy ish” tizimiga kiritish tartibi joriy etiladi.

 

2023 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar elektr va gaz ta’minoti korхonalarining dasturiy ta’minoti yoхud "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda tuziladi.

 

Bunda mazkur tartib yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yoqilgʻi-energiya resurslari iste’moli boʻyicha limitlarni belgilash va ularga oʻzgartirishlar kiritishga ham tatbiq etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.02.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.