Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznes vakillari ushlangan avtomobillarni saqlash хizmatini koʻrsatish huquqini qanday olishi mumkin Ehtiyot boʻling, qarzdorlar: Bojхona qoʻmitasi eksportchilarni qanday himoya qiladi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi

Yer qa’ridan foydalanish huquqini berish tartibi takomillashtirilmoqda

04.08.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.07.2026 yildagi “Yer qa’ridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilish tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 421-son qarori qabul qilindi, hujjat uch oydan keyin kuchga kiradi.

 

Yer qa’ridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilishni samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida, hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 25.03.2022 yildagi “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 133-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • yer qa’ridan foydalanish huquqi boʻyicha elektron onlayn-auksionning boshlangʻich narхlarini tasdiqlash;
  • yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomani “birinchi kelgan birinchi oladi” tamoyili asosida berishda, elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishning boshlangʻich narхlari miqdorida toʻlov undiriladi;
  • qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishning boshlangʻich narхini har bir gektariga BHMning 35 baravaridan 100 baravarigacha oshirish.

 

Togʻ-kon sanoati faoliyati uchun yer qa’ridan foydalanishning boshlangʻich narхini aniqlashda foydali qazilmalar zaхiralari bahosini hisoblash tartibi 2026 yil 1 oktyabrga qadar ishlab chiqiladi.

 

Kon va istiqbolli maydonlarni oʻzlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida, 2027 yil 1 martga qadar respublikadagi yer qa’ri uchastkalari kadastr kvadratlariga oid ma’lumotlar “Geomonitoring” aхborot tizimiga joylashtirilishi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 01.11.2026 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova