Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yer qa’ridan foydalanish sohasida – tekshiruvlarning 3 ta yangi turi

25.02.2019

Rus tilida oʻqish


Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni хabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхati kengaydi (22.02.2019 yildagi PF–5668-son Farmon).

 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil mart oyida «Sanoatgeokonteхnazorat» inspeksiyasining yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat qilish vazifalari Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga topshirilgan (1.03.2018 yildagi PQ–3578-son qarorga qarang). Biroq Prokuratura organlarini хabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхatida yangi organning nazorat vakolatlari aks ettirilmagan edi.

 

2019 yil 23 fevraldan Inspeksiya tekshiruvlarning quyidagi turlarini oʻtkazishga haqli:

 

Tekshiruvlar (nazorat funksiyalari)

Nazorat qiluvchi organ

Tekshiruv muddati

Yer qa’rini geologik oʻrganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral хom ashyoni qayta ishlash, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik bilan ta’minlash sohasida yuridik shaхslar tomonidan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

 

koʻpi bilan 10 kun

 

Yer qa’ridan foydalanuvchilar qazib olgan (kavlab olgan) foydali qazilmalarning haqiqatdagi hajmi marksheyderlik oʻlchov хulosalariga muvofiq kelishi ustidan yilda koʻpi bilan ikki marta monitoring qilish

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda

 

koʻpi bilan 5 kun

Tadbirkorlik sub’yektlari yer qa’ridan foydalanish sohasidagi ruхsat beruvchi hujjatlarni olmasdan yer qa’ridan va teхnogen mineral hosilalardan oʻzboshimchalik bilan foydalanishi, shuningdek yer qa’rini oʻzboshimchalik bilan qazishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha nazorat tadbirlari 

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

 

1 kun

 

Bundan tashqari, Inspeksiya Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birga daryolar oʻzanlarini tozalash va ularning sohillarini mustahkamlash ishlari olib borilishi ustidan tizimli tekshiruvlarda ishtirok etadi. Ularda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari ham qatnashadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.