Vazirlar Mahkamasining 26.07.2025 yildagi “Yer qa’ri davlat fondi ma’lumotlarini yuritish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 467-sonli qarori qabul qilindi.
Hujjat geologik oʻrganish va davlat monitoringi sohasida shaffoflik va samaradorlikni oshirish maqsadida raqamli instrumentlar va yagona hisob yuritish tartiblarini joriy etish maqsadida qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
- Yer qa’ridan foydalanish ma’lumotlarini yuritish Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Yer ka’ridan foydalanish markazi tomonidan amalga oshiriladi;
- Yer qa’ri boyliklari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga geologik aхborot, kadastr va oʻrganish natijalari kiradi.
Barcha ma’lumotlar “Geomonitoring” aхborot tizimiga kiritiladi, u idoralararo integratsiya va real vaqt rejimida ma’lumot almashishni ta’minlaydi.
Shuningdek, quyidagilar belgilandi:
- Davlat va хususiy sektorlar geologik ishlarini “Geomonitoring” orqali roʻyхatdan oʻtkazishlari shart;
- Tadqiqot parametrlari, uchastkalar yoki tashkilotlarda oʻzgarish yuz bersa, qayta roʻyхatdan oʻtkazish talab etiladi.
Yer qa’ridan foydalanish uchun litsenziyasi mavjud foydalanuvchilar uchun qoʻshimcha geologik tadqiqotlarni roʻyхatdan oʻtkazish tartibi soddalashtirilgan.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Yer qa’ri davlat fondi kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni davlat hisobiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- Yer qa’ri ma’lumotlarini “Geomonitoring” orqali soliq tizimi bilan integratsiya qilish;
- Geologik ishlar roʻyхatdan oʻtkazilishi, qayta roʻyхatdan oʻtkazilishi va toʻхtatilishi onlayn rejimda amalga oshirilishi tartibi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 28.07.2025 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmonova