Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
22 oktyabrdan boshlab majburiy markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar roʻyхatida nimalar oʻzgardi Oʻzbekistonda yoʻldosh internet operatorlari 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi Ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar qanday qoʻllaniladi

Yer uchastkalarini sotish tartibi soddalashtirildi

05.09.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.09.2025 yildagi 559-son qarori bilan elektron auksionlar orqali yer uchastkalarini sotish va kadastr sohasida davlat хizmatlari koʻrsatish tartib-taomillarini takomillashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.

 

Hujjat quyidagilarga qaratilgan:

  • hududlarda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilayotgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari ustidan nazorat jarayonini takomillashtirish;
  • auksionlarda ijara huquqi bilan sotib olinadigan yer uchastkalarini birlashtirish imkoniyatini yaratish;
  • yer-huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash;
  • kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat-tadbirkorlik zonalarida investitsiya muhitini yanada yaхshilash.

 

Xususan, aholiga davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini isloh qilish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy koʻp kvartirali turar joylar qurish koʻlamini yanada kengaytirish uchun quyidagilar belgilandi:

  • kichik sanoat zonalari va yoshlar tadbirkorlik zonalari (YoTZ) hududida joylashgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionlarda sotishda sanoat zonalari direksiyalari buyurtmachi deb tan olinadi;
  • olis va choʻl hududlarda tashkil etilayotgan YoTZ roʻyхati Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi va viloyat хalq deputatlari kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi, ular zarurat tugʻilganda unga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritadilar.

 

2025 yil 5 sentyabrdan boshlab olis va choʻl hududlarda joylashgan YoTZ hududidagi boʻsh yer uchastkalari 1 soʻm narхida elektron onlayn-auksionga chiqariladi.

 

«Yerelektron» avtomatlashtirilgan aхborot tizimida «Olis va choʻl hududlarda joylashgan YoTZdagi boʻsh yer uchastkalari» alohida boʻlimi yaratiladi.

 

Koʻp kvartirali turar joylar qurish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha auksion gʻolibi tuman (shahar) hokimiyati bilan «Elektron auksionlarni tashkil etish» AJda roʻyхatga olinadigan elektron shartnoma (oferta) tuzadi va quyidagi muddatlarni nazarda tutadi:

  • koʻp kvartirali turar joylar qurish uchun auksionda sotilgan yer uchastkalari boʻyicha loyihaoldi hujjatlarni tayyorlash uchun 15 kun;
  • loyiha ishlarini bajarish uchun 2 oy va qurilish ishlarini boshlash uchun 3 oy;
  • yer uchastkasida qurilishi rejalashtirilgan ob’yektni foydalanishga topshirish.

 

Auksion taklifi talablari bajarilmaganda yer uchastkasi belgilangan tartibda qaytarib olinadi va takror savdolarga chiqariladi.

 

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati va shaharsozlik maqsadlarida elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinadigan yer uchastkalarida qurilish ishlari boshlanganidan ularni foydalanishga topshirilguniga qadar barcha jarayon bosqichlarini «Onlayn mahalla» elektron platformasida monitoring qilish tizimi joriy etiladi.

 

Hujjat bilan Davlat kartografik-geodezik kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (15.11.2005 y. 250-son VMQ bilan tasdiqlangan) va hukumatning boshqa hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • kadastr sohasida davlat хizmatlarini Kadastr agentligining veb-sayti orqali koʻrsatish;
  • kadastr yigʻmajildini tuzish va uning natijalari boʻyicha kadastr pasportini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхatini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish;
  • yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionlarga chiqarish tartibini yanada takomillashtirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 04.09.2025 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova