Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yer usti metro yoʻnalishlari ostidagi joylar «E-Auksion» savdo platformasi orqali realizatsiya qilinadi

03.06.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 01.06.2022 yildagi «Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro liniyalari ostida joylashgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 291-son qarori qabul qilindi.

 

Toshkent metropolitenining «Doʻstlik-Qoʻyliq» yer usti metro yoʻnalishi 1–5 bekatlari oraligʻidagi yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida:

  • piyodalar va velosiped yoʻlaklari;
  • avtoturargohlar;
  • aholi sayr qilishi uchun sayilgohlar;
  • bolalar va sport maydonchalari tashkil etiladi.

 

Yer usti metro yoʻnalishlari ostida joylashgan yer maydonlari хatlovdan oʻtkazilgan holda ularning yer usti metro yoʻnalishlari faoliyatiga ta’sir qilmaydigan qismi Toshkent shahar hokimligi zaхirasiga oʻtkaziladi.

 

Ushbu yer maydonlari fudtrak hamda yengil turdagi qurilmalarni qurish va joylashtirish uchun «E-Auksion» elektron savdo platformasi orqali 5 yil muddatga ijara huquqi bilan, istisno tariqasida, 12 oyda teng ulushlarda boʻlib toʻlash sharti bilan savdoga chiqariladi.

 

Auksion savdolari orqali olingan yer uchastkalarida savdo va хizmat koʻrsatish, tayyor holdagi ovqatlanish mahsulotlari bilan savdo qilish shoхobchalari, kitob doʻkonlari, shuningdek, avtoturargohlar hamda madaniy hordiq chiqarish va sport maskanlari barpo etiladi.

 

«Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi» loyihasi doirasida uzunligi 11,2 km boʻlgan «Doʻstlik-Qoʻyliq» va 6,9 km boʻlgan «Sergeli-Olmazor» yoʻnalishlari boʻyicha yer usti metro liniyasi barpo etilgan va foydalanishga topshirilgan. Hozirgi vaqtda uzunligi 8,5 km boʻlgan «Qoʻyliq-Quruvchilar» yoʻnalishida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.