Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MXIK boʻyicha imtiyozlarni qanday qoʻllash kerak «Avtokameral» yangilangan MHTEKMni hisobga olmasa, nima qilish kerak Vositachilik operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish

Yerga ijara huquqidan kredit ta’minoti sifatida qanday foydalanish mumkin

03.10.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2025 yildagi 613-son qarori bilan Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • qonunchilik hujjatlarida yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga ijara huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyish;
  • yer uchastkasiga ijara huquqini garovga qoʻyishni rasmiylashtirish;
  • ijara huquqidan garovga oluvchining talablarini qanoatlantirish;
  • undiruv qaratilgan yer uchastkasiga ijara huquqini ochiq savdolarda sotish.

 

Quyidagi hollarda yer uchastkasiga ijara huquqi garov ob’yekti boʻlishi mumkin emas:

  • ikkilamchi ijaraga beriladigan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari;
  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijara huquqi toʻхtatilgan yoki nizoli (sud ishlarini yuritish, surishtiruv yoki tergov harakatlari jarayonida) yer uchastkalari;
  • ijara shartnomasida garovga qoʻyishni taqiqlovchi holatlar nazarda tutilgan yer uchastkalari;
  • ijara shartnomasi davlat hisobidan chiqarilmagan yer uchastkalari;
  • ijara shartnomasi boʻyicha ijara muddati tugagan yer uchastkalari;
  • davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi mavjud boʻlsa;
  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer uchastkasini yoki unga boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish mumkin boʻlmagan boshqa hollarda.

 

Ijara huquqi kredit tashkiloti tomonidan yer uchastkasining ijara muddati va uning bozor qiymatidan kelib chiqib, kredit boʻyicha ta’minot sifatida taqdim etiladi.

 

Bunda garovga qoʻyilgan yer uchastkasining ijara muddati kredit muddatidan kamida besh yildan ortiq boʻlishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 02.10.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova