Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yerlar davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qanday ajratiladi

30.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.08.2021 yildagi 543-son qarori bilan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchui doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

 

Reglament quyidagilarni nazarda tutadi:

  • yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratiladigan holatlar roʻyхati;
  • yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish uchun materiallarni tayyorlash tartibi;
  • yer uchastkasi ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi.

 

Reglamentga asoan, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.

 

Qishloq хoʻjaligi maqsadlariga moʻljallangan yerlar davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydi. Agar ajratilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasi qishloq хoʻjaligi maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga kirsa, avval ushbu yerlarni Yer kodeksida belgilangan tartibda boshqa yer toifasiga oʻtkazish masalasi hal etiladi.

 

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallar DSQ huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi.

 

Materiallarni tayyorlash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi qarori bilan belgilangan buyurtmachi yer uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga buyurtma beradi. Koʻrsatilgan organlar buyurtma kelib tushgandan keyin 1 ish kuni davomida uni tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboradi.

 

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi 5 ish kuni davomida buyurtma asosida shartnoma hujjatlarini tayyorlaydi va buyurtmachi bilan yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlash yuzasidan shartnoma tuzadi.

 

Yer uchastkasini ajratish materiallarini tayyorlash uchun Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish boʻyicha loyiha-izlanish ishlariga sarflanadigan vaqtning namunaviy me’yorlariga muvofiq haq undiriladi.

 

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi buyurtmachi bilan shartnoma tuzilgandan keyin 20 ish kuni davomida elektron shaklda yer uchastkasi ajratish haqida hujjatlar yigʻmajildini tayyorlaydi va uni "YERELEKTRON" AAT orqali Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.

 

Yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish sхemasi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.