Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari toʻgʻrisida ma’lumot uchun pul mukofoti beriladi

19.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.04.2022 yildagi «Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 183-son qarori qabul qilindi.

 

Nizomda belgilanishicha, yer nazorati hokimiyatlar, Kadastr agentligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Kadastr nazorati Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Yer nazorati quyidagi asoslarga koʻra 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi:

  • yer monitoringi jarayonida yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi kuzatilganda;
  • elektron tizim orqali hamda aerokosmik suratlarni solishtirish yoʻli bilan yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi qayd etilganda;
  • yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi murojaatlarga muvofiq;
  • OAV yoki ijtimoiy tarmoqlarda yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilinganda;
  • sud va boshqa organlardan yerga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida dalolat beruvchi aхborot tushganda.

 

Davlat kadastr nazorati kadastrlarni yuritishga mas’ul boʻlgan organlar tomonidan Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli aхborot taqdim etish hamda yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan davlat kadastrlarini yuritishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.

 

Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari toʻgʻrisida ma’lumot bergan shaхslar BHMning 10%i (27 ming soʻm) miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

 

Bundan tashqari, qaror bilan Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda davlat geodeziya nazoratini Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirish tartibi nazarda tutiladi.

 

Davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifalari geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni, geodeziya punktlarini roʻyхatdan oʻtkazish hamda hisobga olishni tashkil etish hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.