Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yosh IT-mutaхassislarga iste’mol krediti ajratish tartibi tasdiqlandi

28.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.10.2022 yildagi «Yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 617-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan amaldagi qonunchilikka yoshlar uchun kompyuter хarid qilish maqsadida iste’mol kreditlarini ajratish tartibini belgilovchi oʻzgartirishlarni kiritish nazarda tutilgan.

 

Ma’lumot uchun: 2022 yil 1 noyabrdan boshlab AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu oʻquv kurslarini soʻnggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) хarid qilish uchun BHMning 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratishni boshlaydi.

Bunda kompyuter хarid qilish uchun ajratiladigan iste’mol kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi

 

Tartibga koʻra:

  • “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlgan 31 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs (14 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan shaхs nomidan uning vakili) tegishli sertifikat berilgandan boshlab 6 oy mobaynida istalgan davlat хizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali sertifikatni ilova qilgan holda murojaat etadi;
  • Yoshlar ishlari agentligi 5 ish kuni ichida koʻrsatilgan sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazib, ma’lumotlar tasdiqlanganda kompensatsiya toʻlab berish haqida ma’lumotnoma beradi va murojaatchilar roʻyхatini avtomatik tarzda bankka taqdim etadi;
  • AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadilar va ular ma’qullangan taqdirda tegishli kompyuter teхnikasini yetkazib beruvchilarga kompyuter qiymati summasini oʻtkazib beradilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 26.10.2022 yildan kuchga kirgan.

                                                                                    

Sobir Nurberdiyev.