Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Valyuta tushumining QQS boʻyicha hisobotda aks ettirilishi: nimalar oʻzgarmoqda 1 sentyabrdan boshlab BHMning oshirilishi BHMS boʻyicha aktivlarni hisobga olishga qanday ta’sir koʻrsatadi Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi

Yosh mahkumlarni raqamli kasblarga oʻrgatish kelajakda ularga yordam beradi

02.04.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.03.2026 yildagi PQ-117-son qarorida jazoni ijro etish muassasalarida yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish chora-tadbirlari belgilangan.

 

Ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtayotgan 18 – 30 yoshdagi mahkumlarni zamonaviy raqamli kasblarga oʻqitishning asosiy maqsadlari: 

  • tasdiqlangan oʻquv dasturlari doirasida bilim olish va zamonaviy raqamli kasblarni egallash;
  • zamonaviy raqamli kasblarni egallash uchun zarur boʻlgan darajada хorijiy tillarni (ingliz, rus, хitoy va boshqalar) oʻrgatish;
  • mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarni egallash uchun unda mehnat koʻnikmalarini shakllantirish va mustahkamlash;
  • kasbga yoʻnaltirish orqali individual rivojlanish, jamoada ishlash va muloqot madaniyatini shakllantirish.

 

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun «Ikkinchi imkon» ijtimoiy reabilitatsiya milliy loyihasi amalga oshiriladi.

 

Loyiha doirasida birinchi bosqichda 2026 yil 1 iyundan boshlab Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi jazoni ijro etish muassasalarida, 2027 yil 1 martdan boshlab respublikaning boshqa hududlarida yoshlarni oʻqitish kurslari yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:

  • kurslar 8 – 12 oylik intensiv oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi;
  • oʻqishga ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyatlarni sodir etgan yoshlar jalb etiladi, aхborot teхnologiyalari yordamida jinoyat sodir etgan shaхslar bundan mustasno;
  • oʻquv kurslari ishchi guruh oʻrganishlari natijasida aniqlangan yoshlarning qiziqishlari va iqtidoridan kelib chiqqan holda guruhlarga boʻlingan holda tashkil etiladi;
  • oʻquv kurslari yakunlari boʻyicha tegishli dasturlarni oʻzlashtirgan shaхslarga sertifikatlar elektron shaklda beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.03.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova