Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yosh oilalarga ipoteka kreditini berish shartlari oʻzgartirildi

18.09.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.09.2019 yildagi 760-son qarori bilan mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 8.09.2014 yildagi 250-son qarorida ijtimoiy faol yosh oilalarga imtiyozli ipoteka kreditlari boʻyicha kvartiralar berilishi nazarda tutilgan edi. Hujjatda nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, ularni tanlab olish mezonlari, uy-joy berish shartlari va tartibi belgilangan. 

 

Qabul qilingan hujjatda aytilishicha, ushbu maqsadlar uchun 2019 yilda 1 064 ta uy-joy bitkazib topshirilgan hamda 2 116 tasi qurilish jarayonida. Mazkur qurilayotgan uy-joy qiymati dastlabki badalining 65%igacha boʻlgan qismi Yoshlar ittifoqi mablagʻlari hisobiga 7 yil muddatga MBning qayta moliyalashtirish stavkasining 50%iga teng boʻlgan foizli stavkada ssuda tariqasida ajratiladi. Bunga qadar dastlabki badalni Yoshlar Ittifoqi toʻlagan, yosh oilalar esa uni kreditni soʻndirish muddati tugaguniga qadar toʻlab berar edilar. Ipoteka krediti boʻyicha birinchi 5 yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan foiz toʻlovlarining 25%ini Yoshlar ittifoqi toʻlaydi.  

Shuningdek 2020 yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun ipoteka krediti berish shartlari belgilandi:

  • dastlabki badallarni va krediti boʻyicha birinchi 5 yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan foiz toʻlovlarini yosh oilalar oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydilar;
  • kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7%dan MBning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada, keyingi davrda esa qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2019 yildan kuchga kirdi

Lenara Xikmatova.