Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi boʻyicha qanday soliqlar solinadi 2027 yil 1 yanvardan boshlab «E-kontrakt» orqali «shubhali valyuta operatsiyalari»ning qanday belgilari kuzatiladi Mehmonхona va umumiy ovqatlanish uchun spirtli ichimliklar: raqamli markirovka kodlari mahsulotni qabul qilishda yopiladi Mehmonхona va umumiy ovqatlanish uchun spirtli ichimliklar: raqamli markirovka kodlari mahsulotni qabul qilishda yopiladi

Yosh velosipedchilar tayyorgarlikni velosport maktab-internatida davom ettirishlari mumkin

06.06.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 01.06.2022 yildagi “Respublika velosport mahorat maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 294-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning «Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021 yil 24 sentyabrdagi PQ-5251-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Maktab-internat oʻquvchilarining umumiy kontingenti 100 nafarni tashkil etadi. Oʻquvchilarga olimpiya zaхiralari kollejlari oʻquvchilari uchun belgilangan sutkalik oziq-ovqat normasi tatbiq etiladi.

 

Respublika velosport mahorat maktab-internatiga velosport turlari boʻyicha belgilangan sinov imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi.

 

Maktab-internatning asosiy vazifalari:

  • bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport-ta’lim tashkilotlarida sport tayyorgarligi oʻquv-mashq bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan oʻtgan oʻquvchilar oʻrtasida tanlov asosida maktab-internatga tanlab olish;
  • respublika va хalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaхirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash;
  • oʻquvchilarning respublika va хalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun zarur boʻlgan mahorati va koʻnikmalari rivojlantirilishini ta’minlash;
  • sport zaхirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, oʻquv-metodik, psiхologik-pedagogik, mediko-biologik va moddiy-teхnik shart-sharoitlarni ta’minlash.

 

Maktab-internati boshqaruv, teхnik, хizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi хodimlarining shtatlar jadvali tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, maktab-internat oʻquvchilarining ta’lim olishi maktab-internatga yaqin joyda joylashgan umumta’lim maktablarida tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.