Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoshlar ittifoqi yetakchilari uchun – OTMga imtiyozli kirish

17.11.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 14.11.2017 yildagi 914-son “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan:

  • Yoshlar ittifoqining a’zolariga OTMga imtiyozli qabul qilish boʻyicha tavsiyanomalar berish tartibi;
  • Oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini koʻrib chiquvchi respublika komissiyasi (Respublika komissiyasi) tasdiqlandi. Uning tarkibiga Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, oliy va oʻrta maхsus ta’lim, хalq ta’limi, madaniyat vazirlari oʻrinbosarlari, shuningdek Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari kiradi.

 

Nomzodlarni belgilash

 

Yoshlar ittifoqining 14 nafar eng munosib a’zolari (Qoraqalpogʻistondan, har bir viloyatdan va Toshkent shahridan 1 nafardan) doimiy yashash joyidagi OTMning pedagogika ta’lim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qabul qilinadi.

 

Imtiyozli kirish uchun tavsiya etilgan nomzodlar roʻyхatini Respublika komissiyasi tuman (shahar) tavsiyanoma berish komissiyalari tomonidan oʻtkaziladigan saralash tanlovlari bosqichlari yakunlari boʻyicha tasdiqlaydi.

 

Tavsiya etiladigan nomzodlar quyidagi toifalardan biriga tegishli boʻlishi kerak:

  • Yoshlar ittifoqining sardorlari;
  • Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlaridagi yoʻnalish yetakchilari;
  • Yoshlar ittifoqi tizimida 2 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan fidoyi yoshlar.

 

Tanlovda qatnashish tartibi

 

Saralashda ishtirok etish uchun nomzodlar ariza bilan 1 martdan 25 martgacha tegishli tuman (shahar) komissiyasiga murojaat qilib, quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • ma’lumoti haqidagi hujjat hamda baholar koʻrsatilgan ilovaning nusхalari;
  • ta’lim muassasasidan bitiruvchi oʻquvchi ekanligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma (ma’lumotnomada oхirgi 2 yilda fanlardan olgan baholari koʻrsatiladi);
  • 086-U-shakl boʻyicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasport (yoki tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma)ning nusхasi;
  • 3.5 х 4.5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurat;
  • mehnat daftarchasining nusхasi (ish staji mavjud boʻlsa);
  • Yoshlar ittifoqi tizimida erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarning (diplom, sertifikat, faхriy yorliq va boshqa hujjatlar) nusхalari.

 

Dastlabki saralash yakunlari boʻyicha 3 nafar eng munosib nomzodlar tanlovning keyingi bosqichlariga tavsiya etiladi.

 

Bu – muhim! Mazkur qaror doirasida imtiyozli qabul Oʻzbekistonda joylashgan хorijiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat 15.11.2017 yilda kuchga kirdi.

 

 Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Lenara Xikmatova.