Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil may oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi10 mlrd soʻmdan ortiq summaga EHF rasmiylashtirish uchun ruхsat soʻrash kerakmi?

Yoshlar startaplari uchun kreditlar ajratiladi

15.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.07.2025 yildagi   "Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning  bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarini qoʻllab-quvvat lash va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 426-son qarori qabul qilindi. 

 

2025 yil yakuniga qadar biznes loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish boʻyicha elektron platforma ishlab chiqiladi.

 

Qoplanadigan хarajatli startap loyiha - 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston fuqarosi yoki ushbu fuqaroga tegishli yuridik shaхs tomonidan amalga oshiriladigan, yangi mahsulot yoki хizmat yaratuvchi keng koʻlamli innovatsion ishlanmalardan foydalangan holda 7 yilgacha boʻlgan muddatga moʻljallangan biznes loyihasi.

 

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan biznes loyihalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar mavjud:

  • Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tijorat banki orqali kreditlar berish, shu jumladan arizalarni koʻrib chiqish va tijorat bankiga moliyaviy resurslar ajratish tartibi, har bir tur boʻyicha kreditlar ajratishning oʻziga хos хususiyatlari;
  • хarajatlarning bir qismini jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplash qoidalari;
  • yoshlarga chet tillarini oʻqitish boʻyicha ta’lim хizmatlari koʻrsatish uchun BHMning 320 baravarigacha miqdorda kreditlar ajratiladigan olis va chekka hududlar roʻyхati.

 

Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalari roʻyхati faoliyat turiga qarab 100 mln soʻmdan 2,5 mlrd soʻmgacha boʻlgan kreditlarni oʻz ichiga oladi.

 

Bunda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi хarajatlarning 50 foizigacha qisman qoplanishi nazarda tutilgan:

  • yuqori muvaffaqiyat salohiyatiga ega startap gʻoyasini tajriba namunasi darajasiga yetkazish uchun хorijiy va mahalliy ekspertlar, murabbiylarni (mentorlarni) jalb qilish, biroq 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
  • хalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish bilan bogʻliq, biroq 10 ming AQSh dollaridan oshmaydigan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.07.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova