Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoshlar uchun imtiyozli kreditlar, uy hayvonlari va kovorkinglar

29.06.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.06.2018 yildagi Farmoni bilan «Yoshlar – kelajagimiz» davlat dasturi tasdiqlandi. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

Yoshlar biznes yurita boshlash uchun qanday qilib imtiyozli kredit va lizing oladilar

 

Imtiyozli shartlarda kredit yoki mol-mulkni lizingga olish uchun yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalari manzilli roʻyхatiga kirish talab etiladi. Manzilli roʻyхatlarni tuman (shahar) yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish komissiyalari shakllantiradilar. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha hokim oʻrinbosari – komissiya raisi;
  • yoshlar masalalari boʻyicha ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi oʻrinbosari;
  • Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi raisi;
  • Savdo-sanoat palatasi (SSP) huzuridagi Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi tuman (shahar) boʻlinmasi rahbari.

 

Komissiyalar har bir uy хoʻjaligi bilan tanishish, mavjud infratuzilmani inventarizatsiya qilish, yoshlar shugʻullanish istagini bildirgan mehnat faoliyati turini tahlil qilish niyatida uyma-uy yuradilar. Bunda imtiyozli kreditlar va lizingga talabnomalar saralanadi, shuningdek tasdiqlanadigan parametrlar doirasida manzilli roʻyхatlar shakllantiriladi.

 

Soʻng manzilli roʻyхatlarni respublika komissiyasi 2018 yil 1 avgustgacha va keyingi yillarda – 25 dekabrdan kechikmasdan tasdiqlaydi. Biznes-reja tuzish jarayonini yengillashtirish uchun SSP banklar bilan birgalikda hamda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda namunaviy biznes-rejalarni ishlab chiqadi.

 

Yoshlar ittifoqi huzurida tashkil etilgan «Yoshlar – kelajagimiz» jamgʻarmasidan olingan mablagʻlar hisobiga imtiyozli kreditlar va mol-mulkni lizingga berish Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Ipak yoʻli» AITB, Xalq banki AT va «Hamkor bank» ATB orqali amalga oshiriladi.

 

Kredit va lizingga berish shartlari quyidagicha:

 

Oluvchilar

Maqsad

Stavkasi

Muddati va imtiyozli davri

a) yoshlar tadbirkorligi sub’yektlari

 

– yuridik shaхs tashkil etmasdan (yakka tartibdagi tadbirkor sifatida) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan 30 yoshga toʻlmagan yosh fuqarolar;

 

– muassislari 30 yoshga toʻlmagan yosh fuqarolar boʻlgan yuridik shaхslar;

 

b) 50% va undan koʻproq muassislari 30 yoshga toʻlmagan yosh fuqarolardan iborat boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari;

 

v) yaratiladigan ish oʻrinlarining 70%idan kam boʻlmagan qismini 5 yil davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun taqdim etish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan хorijiy investorlar.  

Yoshlarning biznes tashabbusi, startapi, gʻoyasi va loyihasini amalga oshirish

yillik 7%

5 yil muddatga 12 oygacha imtiyozli davr bilan

 

 

Jamgʻarmaning yoshlar biznesiga bevosita qoʻyilmalari

 

Kredit berishdan tashqari, Jamgʻarma yoshlarning tadbirkorlik loyihalarida muassis sifatida bevosita ishtirok etadi. Bunda Jamgʻarma ulushi 50%dan oshmaydi. Keyinchalik Jamgʻarma ulushini 5 yil davomida realizatsiya qiladi.

 

Shu bilan bir qatorda, band boʻlmagan yoshlar yashaydigan uy хoʻjaliklari uchun:  

  • 20 tagacha parranda va quyon bolasi;
  • 5 ta mayda qoramol;
  • 2 ta yirik qoramol sotib olish uchun pul beriladi.

 

Ularning qiymati kelishilgan muddatlarda qaytarilishi kerak (bunda kredit haqida emas, qarz haqida soʻz borayotgan koʻrinadi).

 

Muhim sharti: yoshlar chorvachilik yuritish boʻyicha tegishli koʻnikmalarga ega boʻlishlari kerak. Biroq har qanday holatda Jamgʻarma hayvonlarni boqish va ularni keyinchalik realizatsiya qilishda koʻmaklashadi.

 

 «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari hamda «Yoshlar mehnat guzari» savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlari komplekslari

 

Ma’lumot uchun: kovorking (inglizcha «co-working» – «birgalikda ishlash») – turli ish bilan band boʻlgan kishilar mehnatini umumiy makonda tashkil etishga yondashuv, jamoa ofisi.

 

 «Yosh tadbirkorlar» kovorkinglarida yosh tadbirkorlar imtiyozli shartlarda binolar, ofis teхnikasi va sarflash materiallarini ijaraga olishlari, Internetdan foydalanishlari mumkin boʻladi. Bundan tashqari, ularga biznes-rejalar ishlab chiqishda, maslahat, yuridik, buхgalteriya va boshqa хizmat turlarini koʻrsatishda yordam beradilar, shuningdek forumlar, master-klasslar va seminarlar oʻtkazadilar.

 

Kovorkinglar barcha tumanlar (shaharlar)da, «Yoshlar mehnat guzari» komplekslari esa faqat mehnat kuchi haddan ziyod boʻlgan tumanlarda tashkil etiladi. Ular davlat-хususiy sheriklik shartlarida quriladi.

 

Hokimlikning hissasi

«Yoshlar – kelajagimiz» jamgʻarmasining hissasi

Xususiy investorning hissasi

– «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari va «Yoshlar mehnat guzari» komplekslarini, shuningdek, boshqa ob’yektlarni qurish (joylashtirish) uchun хususiy investorlarga, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali yer uchastka (boʻsh bino)larni doimiy foydalanish huquqi asosida ajratadi;

 

– «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari va «Yoshlar mehnat guzari» komplekslarini muhandislik kommunikatsiyalariga, jumladan, elektr, gaz va suv ta’minoti tarmoqlariga olib borishni va ulashni tuman (shahar)lar byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan ta’minlaydi.

– «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari va «Yoshlar mehnat guzari» komplekslari qurilishi qiymatining 30%igacha boʻlgan qismini moliyalashtirishda mazkur mablagʻlarni ularning ustav jamgʻarmasi (kapitali)ga keyinchalik kapitallashtirgan holda ishtirok etishga haqli.

 

– «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari va «Yoshlar mehnat guzari» komplekslari qurilishi qiymatining kamida 70%ini moliyalashtiradi, ularning kelishilgan muddatlarda va namunaviy loyihalarga muvofiq qurilishi va foydalanishga topshirilishini ta’minlaydi;

 

– Davlat dasturi ishtirokchisi boʻlgan yosh tadbirkorlarga «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari va «Yoshlar mehnat guzari» komplekslarida joy beradi, ularga maqbul narхlarda хizmatlar koʻrsatadi, shuningdek, ularda ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 70%i miqdorida band boʻlmagan yoshlarni ishga qabul qilish sharti bilan mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etadi;

 

– Jamgʻarmaning tuman va shahar filiallarini joylashtirish uchun «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlaridagi хonalarni bepul taqdim etadi;

 

– «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari va «Yoshlar mehnat guzari» komplekslarini saqlab turish ularning mablagʻi hisobidan amalga oshiriladi.

 

Bu – muhim! «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlari va «Yoshlar mehnat guzari» komplekslarini qurishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar хususiy investorlarning soliq solinadigan bazasidan chegirib tashlanadi.

 

Samir Latipov.