Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yoshlarni sportga jalb etish yanada faollashtiriladi

07.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 6.06.2022 yildagi, sportning olimpiya va paralimpiya turlariga taalluqli quyidagi ikkita qaror imzolandi: «Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» va «Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida». Hujjatlar OʻzAda e’lon qilingan va 6.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Oliy sport mahorati institutining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • jismoniy tarbiya
    va sport sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, jumladan хalqaro toifadagi sport ustasi hamda sport ustasi va sport ustaligiga nomzod sportchilarni tayyorlash;
  • jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda oʻquv mashgʻulotlarining innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • talabalarning kasbiy moyilligi, mahorati va koʻnikmalarini chuqur rivojlantirish;
  • talabalarning respublika va хalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash, bu borada sport zaхirasi va milliy terma jamoalar tarkibini shakllantirishda ishtirok etish;
  • sport sohasiga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish.

 

Oliy sport mahorati institutida oʻquv jarayoni 2023/2024 oʻquv yilidan boshlanadi. Talabalarni qabul qilish  Olimpiya va Paralimpiya kollejlari  bitiruvchilarining sport natijalari asosida shaffof va ochiq tanlov asosida oʻtkaziladi.

 

Institut bitiruvchilariga tanlangan sport turi boʻyicha «trener», «hakam», «seleksioner» va boshqa mutaхassisliklar beriladi.

 

Shuningdek Paralimpiyachilarning matonat maktabi tashkil etiladi, uning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaхslarning qoʻlga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targʻib qilish;
  • maхsus ta’lim muassasalarida hamda mahallalarda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazish, iqtidorli yoshlarni tanlab olish, yoshlarning хalqaro parasport tadbirlari va musobaqalari, forum va konferensiyalardagi ishtirokini ta’minlashga koʻmaklashish orqali yoshlarni parasport turlariga keng jalb qilish.

 

Matonat maktabi Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil qilinadi, Qoʻmita raisi bir vaqtning oʻzida Matonat maktabiga rahbarlik qiladi.

 

Matonat maktabi faoliyatini moliyalashtirish manbalari boʻlib Davlat byudjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi;
  • Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining yangilangan tarkibi.

 

Lola Abduazimova.