Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Eski mayda pullarni 2020 yil 1 martga qadar yangisiga almashtirish mumkin

19.09.2019

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi “25 soʻmlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalar va banknotlarni muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni roʻyхatdan oʻtkazdi (roʻyхat raqami 3183, 18.09.2019 yil).

 

2020 yil 1 martdan boshlab:

  • 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik, 1, 5, 10, 25 soʻmlik qiymatidagi tangalar;
  • 1, 3, 5, 10, 25 soʻmlik eski namunadagi banknotlar qonuniy toʻlov vositasi sifatida oʻz kuchini yoʻqotadi.

 

Ushbu tanga va banknotlar hech qanday monelik, cheklovlarsiz, toʻlov yoki vositachilik haqi undirilmagan holda:

  • 2020 yil 1 martga qadar hisob-kitob kassa markazlari, tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan;
  • 2020 yil 1 martdan 2021 yil 1 yanvarga qadar esa faqat hisob-kitob kassa markazlari tomonidan almashtirib beriladi.

 

Bunda hisob-kitoblar mijozlar va aholining talabiga asosan:

  • bank plastik kartasi hisobvaraqlariga kirim qilinish orqali (toʻliq qiymatda);
  • muomaladagi tanga va banknotlarga ayirboshlab berish orqali;
  • mijozlarning tegishli hisobvaraqlariga, fuqarolarning arizasiga asosan omonatga kirim qilish orqali;
  • kommunal va boshqa bir martalik toʻlovlar uchun qabul qilish orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2019 yildan kuchga kirdi.