Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Etnosport qanday rivojlantiriladi

26.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.05.2022 yildagi «Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Mamlakatimizda milliy sport turlari va хalq oʻyinlarini (etnosport) targʻib qilish va ommalashtirish, bolalar va oʻsmirlarni ularga keng jalb qilish maqsadida, shuningdek Prezidentning 17.06.2021 yildagi PQ–5149-son qaroriga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi;
  • Etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturini 2022-2023 yillarda amalga oshirish boʻyicha «yoʻl хaritasi».

 

Prezidentning 11.04.2022 yildagi «Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–201-son qarori bilan 2023 yil 1 martdan boshlab milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini oʻtkazish tizimi joriy qilinadi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashiga quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

  • ommaviy sport musobaqalari tashkil qilinadigan etnosport turlari roʻyхatini tasdiqlash;
  • 2023 yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida etnosport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish uchun zarur mablagʻlar koʻpaytirilishi hamda ajratilishini ta’minlash;
  • 2023 yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq etnosport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilishini ta’minlash;
  • alohida etnosport turini rivojlantirish maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)larini tashkil qilish choralarini koʻrish.

 

2023 yil 1 martdan boshlab etnosport turlari boʻyicha musobaqalar har yili an’anaviy tarzda oʻtkaziladi. Xususan, Toshkent shahrida har yili etnosport turlari boʻyicha «Uzbekistan Ethno Games» respublika festivali, Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi. Bunda «Ichan qal’a» majmuasida festivalning ochilish va yopilish marosimlari oʻtkaziladi.

 

Lola Abduazimova.