Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Yevropa investitsiya banki Oʻzbekistonga kelmoqda

15.01.2018

 

Prezidentning 4.01.2018 yildagi PQ-3458-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki oʻrtasida Oʻzbekiston hududida YeIBning faoliyat olib borishi toʻgʻrisidagi Hadli bitim imzolandi.

 

Mazkur хalqaro shartnoma 2017 yilning 13 oktyabrida Vashington (AQSh) shahrida imzolangan va YeIBning Oʻzbekistondagi  faoliyatining, shu jumladan, moliyalashtirish va teхnik yordam taqdim etishning huquqiy asoslarini belgilab beradi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi YeIB bilan oʻzaro hamkorlik qilish va bitimni amalga oshirishda mas’ul organ etib tayinlandi.

 

Ma’lumot uchun: Yevropa investitsiya banki 1958 yilda tashkil etilgan. Uning ustav kapitali ishtirokchi mamlakatlarning badallari hisobiga shakllantiriladi va 232 mlrd yevroni tashkil etadi. Oʻzbekiston – Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston bilan bir qatorda YeIB bilan hamkorlik qiluvchi toʻrtinchi davlat hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 4.01.2018 yilda kuchga kirdi.


Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


 

Oleg Zamanov.