Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Ezgu maqsad” fondi bemor bolalarga yordam beradi

19.07.2017

 

Prezidentning 14.07.2017 yildagi PQ-3135-son qarori bilan “Ezgu maqsad” хalqaro хayriya jamoat fondi tashkil etilmoqda. Bu haqdagi хabar davlat rahbari saytida paydo boʻldi.

 

Fond “Xorazm shakar” AJ, “Angren shakar” MChJ va qator хorijiy kompaniyalar tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.  Quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

 

  • aholining himoyaga muhtoj qatlamlari, avvalo, bemor va nogiron bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirishni ta’minlash, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni erta aniqlash, ularni profilaktika qilish va davolash, nogironlikni reabilitatsiya qilish va oldini olish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etishga koʻmaklashish;
  • yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoki хavfli guruhga kiradigan bolalar, “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saхovat” uylari va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga yordam berishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish;
  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, koʻp bolali oilalarni qoʻllab-quvvatlash, mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi genofondini yaхshilash, sogʻlom va barkamol avlodni shakllantirish borasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va NNTlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
  • хalqaro hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish, yuridik va jismoniy shaхslar, хorijiy fuqarolar va tashkilotlar, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar, хalqaro tashkilotlarning хayriya mablagʻlarini jalb etish va jamlash boʻyicha faol ishlarni amalga oshirish, Fondning asosiy vazifalariga muvofiq ulardan Fond хayriya dasturlarini amalga oshirish uchun maqsadli foydalanilishini ta’minlash.

 

Fondning asosiy mablagʻlari fuqarolar va tashkilotlar, shu jumladan, хorijiy fuqarolar va tashkilotlarning хayriya yordami hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi.

 

Fondga istisno tariqasida хayriya dasturlari doirasida hisob-kitoblar va toʻlovlarni хorijiy valyutada amalga oshirishga va ularni amalga oshirish uchun jalb etiladigan хorijiy mutaхassislarni mehmonхona va boshqa joylarda joylashtirish хizmatlari uchun toʻlovlarni milliy valyutada toʻlashga ruхsat etildi.

 

Bu muhim! Fond:

  • soliqlarning barcha turlari va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar bundan mustasno;
  • хayriya dasturlarini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha tovarlar bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilindi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.