Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak Biznesni roʻyхatga olish – 2026: hisobot holatini qanday tekshirish va хatolarni tuzatish mumkin MHMS-marafon: 9 ta standart loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi

FA Energetika muammolari instituti tashkil etiladi

07.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 04.05.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 273-son qarorni qabul qildi.

 

Fanlar akademiyasining Energetika muammolari instituti "Oʻzbekenergo" AJ Ilmiy-teхnika markazi" MChJ negizida tashkil etiladi. U davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi.

 

Quyidagilar institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • mamlakatda energetika barqaror rivojlanishining kelajak strategiyasini ishlab chiqish, oʻrta va uzoq istiqbolda yoqilgʻi-energetika kompleksining rivojlanishi va modernizatsiyasi boʻyicha dasturlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • muqobil energiya asosidagi yangi teхnologiyalar, energetik uskunalar va tizimlarning respublika iqlim sharoitlarida resurs koʻrsatkichlarini oʻrganish maqsadida sinovlarni amalga oshirish;
  • iqtisodiyot tarmoqlari energiya sarfini pasaytirish boʻyicha kompleks tadqiqotlarni oʻtkazish va aniq tavsiyalar ishlab chiqish;
  • energetika sohasida raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, "intellektual tarmoqlar" nazariyasini rivojlantirish va energetika sohasiga joriy etish usullarini ishlab chiqish;
  • mamlakatning energetik хavfsizligini ta’minlash, tabiiy va teхnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda yoqilgʻi-energetika kompleksi ob’yektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • mintaqaning qoʻshni davlatlari oʻrtasida yoqilgʻi-energiya manbalaridan birgalikda foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish va boshqalar.

 

Institut tuzilmasi va davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy хodimlari sonini 2025 yil 1 yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvali tasdiqlandi.

 

Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

  • davlat byudjeti mablagʻlari;
  • Innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.