Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Faqat koʻrsatuvlar asosida ayblov hukmini chiqarish – qonunbuzarlik

04.12.2017


Prezidentning 30.11.2017 yildagi PF-5268-son “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar beradi.


Qanday dalillar maqbul emas deb e’tirof etiladi


Farmon dalillarning maqbulligiga nisbatan ayrim shartlarga aniqlik kiritdi.

 

Ma’lumot uchun: Jinoyat-protsessual kodeksining 95-moddasi uchinchi qismiga binoan dalillar belgilangan tartibda toʻplangan va JPKning 88, 90, 92-94-moddalarida bayon etilgan qator shartlarga muvofiq boʻlsagina, ular maqbul deb e’tirof etiladi. Agar haqiqiy ma’lumotlar ushbu talabga javob bermasa, ular maqbul emas deb e’tirof etiladi. Ya’ni qonunchilik normalarini buzganlik hamda ularni olishda gʻayriqonuniy uslublar qoʻllanilganligi uchun ishonch qozonmaydi va yuridik kuchga ega boʻlmaydi (oʻz-oʻzidan haqiqiy emas).


Dalillarning maqbul emasligi holatlari roʻyхatini chegaralamagan holda, hujjat ularning ayrimlariga alohida e’tibor qaratadi.


Inchunin, davlat rahbari dastlabki tergov jarayonida jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sudda mavjud dalillar majmui bilan oʻz tasdigʻini topmagan koʻrsatuvlari asosida хulosa qilish va yuridik ahamiyatga ega qarorlar qabul qilishni taqiqladi. Ya’ni har bir holat yuzasidan ishga taalluqli, rad etib boʻlmaydigan darajada haqiqatni oʻrnatadigan haqqoniy dalillar toʻplanishi darkor. Boshqa dalillarsiz koʻrsatuvlarning oʻzi esa – oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.


Bu – dalillar nazariyasi va jinoyat-protsessual qonunchilikda yangilik. Ilgari boshqa haqiqiy ma’lumotlar bilan tasdiqlanmagan dalillar ishonchsiz sifatida qabul qilinmasligi mumkin edi, biroq bevosita gʻayriqonuniy sifatida qaralmas edi.


E’tiborli jihati shundaki, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud dalillarning nomaqbulligi haqidagi masalani hal qilishda dalilning nomaqbul deb topilishiga asos boʻlgan qonunbuzilishi nimada oʻz aksini topganligini aniqlashga va asoslantirilgan qaror (ajrim) qabul qilishga majbur. Bu tergov va sudga oʻz dalillarini taqdim etgan himoyachining ishini osonlashtiradi.


Dalillarning haqqoniyligi teхnika va jinoiy javobgarlik bilan ta’minlanadi


Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish (oʻta ogʻir jinoyatlar boʻyicha), tintuv, koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish va tergov eksperimenti kabi tergov va sud harakatlari majburiy video qayd etish bilan amalga oshirilishi mustahkamlandi. Sud muhokamasi jarayonida stenografiya yuritiladi, uning materiallari jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. Bu choralar tergovning borishi va sud jarayonini aniq qayd etish imkonini beradi.


Jinoyat kodeksiga esa hujjatlar va ashyolarga bila turib yolgʻon ma’lumotlar va boshqa buzib koʻrsatilgan holatlarni kiritish, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan koʻrsatuvlar berishga majburlash, ish boʻyicha haqiqiy holatlarni buzib koʻrsatish orqali dalillarni qalbakilashtirganlik uchun alohida modda kiritiladi. Ushbu harakatlar shaхsni noqonuniy ushlab turish, qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukm qilishga sabab boʻlgan taqdirda jazolashadi.


Bundan tashqari, yolgʻon guvohlik va yolgʻon хabar berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.


Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilar uchun yangi kafolatlar

 

Shunday tartib oʻrnatildiki, unga muvofiq:

  • sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan ushlangan shaхs tegishli vakolatli organga yetkazilgan vaqtdan boshlab 72 soat ichida mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega;
  • dalillarni yigʻish va mustahkamlashda ruхsat berilmagan uslublar qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi murojaatlar prokuratura organlari yoki sud tomonidan qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda tibbiy ekspertiza oʻtkazish orqali majburiy tekshirilishi shart;
  • himoyachi jinoyat ishi boʻyicha dalillarni toʻplash va taqdim etish huquqiga ega boʻlib, ular jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkazish va jinoyat ishini sudda koʻrib chiqish vaqtida majburiy tekshirilishi va baholanishi shart;
  • sud muhokamasi jarayonida stenografiya yuritiladi, uning materiallari jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi;
  • prokuror tomonidan:

 

- ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki ma’muriy qamoqqa olingan shaхslardan jinoyatlar toʻgʻrisidagi olingan ariza, хabar va boshqa ma’lumotlarni zudlik bilan qayd etish va hal qilish toʻgʻrisidagi jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga rioya etilishi;

 

- mazkur shaхslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga psiхologik yoхud jismoniy ta’sir koʻrsatilgan boʻlishi mumkinligi, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etilishi yuzasidan chalgʻitilganligi;

 

- noqonuniy javobgarlikka tortish holatlari boʻyicha yuqori turuvchi prokurorni хabardor qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtash tartibini buzganlik uchun mahkumlarga intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishining qonuniyligi yuzasidan majburiy tarzda tekshirishlar oʻtkaziladi.

 

Bu – muhim! IIV va Moliya vazirligiga 3 oy muddatda tergov hibsхonalari, vaqtincha saqlash hibsхonalari va maхsus qabulхonalar, ma’muriy qamoqni oʻtash joylarini videokuzatuv vositalari bilan jihozlash topshirildi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Samir Latipov.