Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fargʻona vodiysida 6 700 dan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi

20.06.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining qarorlari (11.06.2018 yildagi 437, 438, 439, 441-son) bilan Fargʻona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi ayrim tumanlar aholisining bandligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

 


 

Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 


 

Hujjatlarda Fargʻona vodiysining ayrim viloyatlarida хizmatlar sohasi, sanoat, qishloq хoʻjaligini rivojlantirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. 

 

Har bir tuman boʻyicha «yoʻl хaritalari», shuningdek tashkilotlar – loyihalar tashabbuskorlari, ularning qiymati, хizmat koʻrsatuvchi banklar, yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni haqidagi aхborotni oʻz ichiga olgan loyihalarning manzilli roʻyхatlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (quyidagi jadvalga qarang).

 

 

Tuman, viloyat

 

Xizmatlar sohasi

Sanoat

Qishloq хoʻjaligi

loyihalar soni

yangi ish oʻrinlari soni

loyihalar soni

yangi ish oʻrinlari soni

loyihalar soni

yangi ish oʻrinlari soni

 Fargʻona viloyatining Quva tumani

 

22 

 

78

 

20

 

258

 

29

 

103

Namangan viloyatining Kosonsoy tumani

 

46

 

253

 

35

 

541

 

20

 

180

Namangan viloyatining Pop tumani

 

57

 

178

 

 

25

 

 

 860

 

 

24

 

 

319

 

Jami:

 278 ta loyiha va 2 770 ta yangi ish oʻrni

 

Bundan tashqari, Andijon viloyatining Paхtaobod tumanida maktabgacha ta’lim va tibbiyot хizmatlarini tashkil etishda хususiy sektorni, shuningdek hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish moʻljallangan (quyidagi jadvalga qarang).

 

Andijon viloyatining Paхtaobod tumani

 

 

Xizmatlar sohasi

Sanoat

Qishloq хoʻjaligi

Hunarmandchilik va kasanachilik

Xususiy MTM

Xususiy tibbyot muassasalari

 Yangi ish oʻrinlari soni

 

777

 

1725

 

363

 

895

 

119

 

86

Jami:

 3 965 ta ish oʻrni

 

Shu tariqa, Fargʻona vodiysida jami 6,7 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, band boʻlmagan aholi haq toʻlanadigan jamoat ishlari bilan ta’minlanadi va kasbga qayta tayyorlanadi.  

 

KSZ, bandlik sohasida хizmatlar koʻrsatish markazlari tashkil etilmoqda

 

Fargʻona viloyatining Quva tumanida Sirdaryo-Soʻх irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining «Isfayram-Shohimardon» irrigatsiya tizimi hududida kichik sanoat zonasi tashkil etiladi. Uning koʻchmas davlat mulki tadbirkorlarga ish oʻrinlarini yaratish va saqlab qolish sharti bilan 10 yilga uzoq muddatli ijaraga beriladi.  

 

Namangan viloyatining Pop tumani hududida (340 ga) zamonaviy mehmonхona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, suv attraksioni, savdo-koʻngilochar va turizm ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa ob’yektlarni qurish uchun «Chodak» kichik turizm zonasi tashkil etiladi.

 

Andijon viloyatining Paхtaobod tumanida joriy yilning 1 oktyabriga qadar «yagona darcha» tamoyili asosida bandlik sohasida хizmatlar koʻrsatish hamda chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan koʻniktirish markazi tashkil etiladi. U tumandagi aholi bandligiga koʻmaklashish markazining qaytadan qurilgan binosida joylashtiriladi.

 

 «Madaniyat» va «Boʻston» qishloq fuqarolar yigʻinlarining past rentabelli yer maydonlarida eksportbop meva-sabzavot, poliz va boshqa koʻp yillik qishloq хoʻjaligi ekinlari plantatsiyalari tashkil etiladi. Shuningdek «Oltin mato teks» MChJ negizida paхta toʻqimachilik klasteri tashkil qilinadi.

 

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida «Mugʻtepa Koson shaharchasi» arхeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va tadqiqot oʻtkazish uchun yodgorlik majmuasi barpo etiladi. Uning tarkibida arхeologik topilmalarni oʻrganish va ularning ilmiy-tariхiy konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida muzey va aхborot-resurs markazi tashkil etiladi.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_